E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)
3.9. Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga ―tokli halqa‖
interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo‗yicha yoki ma‘lumotlarni yig‗ish
va tarqatish qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli
taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so‗rov natijalari faylini
shakllantiradigan ko‗chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir
oy davomida bir yoki bir necha martta so‗rov o‗tkazilishi mumkin.
Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo‗q. MYTQ
kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma‘lumotlarni yig‗ish markazi
kompyuteri so‗roviga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni
asosiy ma‘lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan
ta‘minlangan bo‗lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish
ko‗chma kompyuter vaqti bilan so‗rov jarayonida amalga oshiriladi.
Ko‗chma kompyuter vaqti ma‘lumotlarni yig‗ish markazi vaqti bilan
hisoblagichlar so‗roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga
oshadi. Bu variantda ma‘lumotlarni yig‗ish markazi uchun ajratilgan
kompyuter bo‗lmasligi mumkin, uning rolini ko‗chma kompyuter bajarishi
mumkin.
Ko‗chma kompyuterdan interfeys o‗zgartirgichlari, multipleksor
yoki modem orqali
tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste‘mol parametrlarini aniq o‗lchash:
korxona va uning ob‘ektlari bo‗yicha energiya resurslari iste‘molini
tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida
hisobga olish nuqtalari va ob‘yektlari
bo‗yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‗yicha ma‘lumotlarga qayta
ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
ma‘lumotlarning to‗liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.