A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə125/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

3.20. Energetik audit 
Energetik audit
– tez va samarali ravishda energiya resurslarga sarf
bo‗ladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida hamda elektr va issiqlik
resurslarini iqtisod qilish va pirovardida energiya tejamkorlikka erishish
uchun zarur bo‗lgan tadbirlarni tavsiya etuvchi texnikaviy, tashkiliy va
amaliy tadbirlar majmuasi.
Energetik pasport
– energetik resurslardan foydalanish balansi,
korxonaning xo‗jalik faoliyatida ulardan samarali foydalanish darajasi,
energiya tejamkorlik imkoniyatlari va shuningdek energiya tejamkorlikka
erishish loyihalari hamda tadbirlar to‗g‗risida ma‘lumotlar majmuasidan
iborat xujjat.
Energetik
audit
o‗tkazishdan
maqsad
energiya
resurslari
iste‘molchisining energetik pasportini ishlab chiqarishdir va buni amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
-korxonaning energiya iste‘moli holatini aniqlash, issiqlik-energetik
resurslardan foydalanishda sodir bo‗ladigan isroflarning sabablarini va
ularning qiymatlarini aniqlash;
-issiqlik-energetik resurslari isroflarini kamaytiruvchi tadbirlarni
ishlab chiqish;
-issiqlik va elektr energiyani iqtisod qilish rezervlarini aniqlash va
baholash;
-ishlab chiqarish jarayonlarida va sanoat qurilmalarida energiya
ta‘minotida samaradorlikka erishishning yo‗llarini aniqlash;
-eneriya tashuvchilarning sarf bo‗lishini nazorat qilish va hisobga
olishni tashkil etish uchun qo‗yiladigan talablarni aniqlash, me‘yoriy
xujjatlarni hamda energiya tejamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;
-yangi sanoat qurilmasi uchun birlamchi ma‘lumotlarni yig‗ish,
energetik sarflarni kamaytirish maqsadida texnologogik jarayonni
mukammallashtirish, keltirilayotgan va ikkilamchi energik resurslardan
foydalanish usullari va o‗lchamlarini optimallashtirib korxona energetik
balansi tarkibini optimallashtirish.



218
Texnik audit


– bu kompleks tavtish bo‗lib, sanoat qurilmasi yoki
texnik tizimning texnik tavsiflari hujjatlarini o‗z ichiga olgan injenerlik
hisob-kitoblarni to‗liq ko‗zdan kechirish, yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan
avariya holatlarini modellashtirish va ulardan so‗ng sodir bo‗ladigan
holatlarni aniqlash, tizimning ishonchliligini va iqtisodiy jihatdan
samaradorligini oshirish bo‗yicha tavsiyalar berish.
Energetik audit natijalari birinchi navbatda elektr ta‘minoti tizimini
modernizatsiyalash bo‗yicha umumiy sarflarni aniqlashdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarishini kengaytirish rejasi yoki texnologiyani
almashtirish maqsadlarida audit olib borilgan bo‗lsa, u holda xarajatlar
miqdori bir muncha katta bo‗ladi.
Texnik audit esa, korxona elektr ta‘minoti tizimi to‗g‗risida to‗liq
xolisona baho bera oladi, elektr ta‘minoti tizimida sodir bo‗lishi mumkin
bo‗lgan nosozliklardan va katta avariyalardan o‗z vaqtida ogohlantiradi,
elektr ta‘mimnoti tizimining ishonchliligini va samaradorligini oshiradi,
korxona ishlab chiqarishini kengaytirish jarayonida elektrotexnik qurilma
va jihozlar uchun zarur bo‗lgan mablag‗larning hajmlarini baholash
imkonini beradi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin