219
-energiya resurslarni iqtisod qilish va energiyadan samarali
foydalanish bo‗yicha dasturlar ishlab chiqish va taqdim etish;
-sarflar hajmi va bajarilish muddatlarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladigan tadbirlarning ketma-ketligini belgilash.
Tayyor mahsulotning tannarxi tarkibining energetik tashkil etuvchisi
katta salmoqqa ega bo‗lsa ham korxona ichidagi energiya tashuvchilarni
hisoblashning yo‗lga qo‗yilmaganligi sababli bu tannarxni tashkil
etuvchining to‗liq qiymaitini aniqlash imkonini bermaydi. Katta hajmdagi
va turli nomdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har biri uchun sarf
bo‗ladigan solishtirma elektr energiya sarfini hisoblash energetik audit
doirasiga kirmasa ham buyurtmachi talabiga ko‗ra hisoblanishi mumkin.
Audit qanday amalga oshiriladi:
Korxona energetik jihozlarini ko‗rib chiqish, tekshirish, o‗lchov
ishlarini olib borish, qayd qilib borish va hisobotlar tuzish va boshqa
tadbirlar amaldagi va tasdiqlangan «Tashkilotlarni energetik auditdan
o‗tkazish qoidalari» asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: