328
quritishda ishlatilgan gazning issiqligi suvni qaynatishga yoki ma‘lum bir
matoni oldindan quritishga yetarli issiqlik bo‘ladi.
Shuningdek sintez
ustidagi reaksiya natijasida issiqlik yuzaga kelishi mumkin va shu
issiqlikni yordamchi jarayonlarda matoni qizdirish
uchun ishlatish mumkin
bo‘ladi.
Energetik resurslarni samarasiz ishlatish (resurs yo’qotilishi) –
ma‘lum bir qurilmaning passport ma‘lumotlariga, texnologik qoidalariga,
davlat tomonidan o‘rnatilgan me‘yorlarga
rioya qilmasdan hamda
o‘rnatilgan normativ hujjatlar talablari buzilishiga energetik resurs
yo‘qolishi deyiladi.
Yoqilg’i-energetik resurs iste’molchilari –
mulkchilik
shakllaridan
qat‘iy nazar ma‘lum bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat
turini taklif qilish maqsadida yoqilg‘i-energetik resurs iste‘mol
qiluvchi
yuridik shaxs (tashkilot).
Muqobil energiya turlari –
kamyob hamda qimmatroq bo‘lgan
energetik resurslarni tejash imkonini beruvchi yoqilg‘i (biogaz, biomassa
mahsulotlari, suv ko‘mir yoqilg‘isi va boshqalar) turi.
Energetik tekshiruv -
yoqilg‘i-energetik resurslarni samarali ishlatish
hamda iqtisodiy asoslangan choralarni ishlab chiqish maqsadida yoqilg‘i-
energetik resurs iste‘molchilarini tekshirish.
Energiya audutori -
yoqilg‘i-energetik resurs iste‘molchilarini
tekshirishdan o‘tkazuvchi va shu ishlarni amalga oshirish uchun lisenzyasi
mavjud bo‘lgan yuridik (davlat tekshirish
organlaridan tashqari
tashkilotlar) va jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).
Dostları ilə paylaş: