A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Xazinador-devon mustavfini boshqargan bo’lib uning ixtiyorda  hisobchilar, munshiy va kotiblar, daftardorlar bo’lgan. Sohibi al-barid-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Xazinador-devon mustavfini boshqargan bo’lib uning ixtiyorda 
hisobchilar, munshiy va kotiblar, daftardorlar bo’lgan.
Sohibi al-barid-davlat elchilik va hokimlar ustidan maxfiy 
nazorat ishlarini bajargan. 
Muxtasib-bozorlarda tosh-tarozi va narx-navolarni, ayni vaqtda 
aholi tomonidan shariat qonun-qoidalariga rioya qilinishini nazorat 
qiluvchi shaxs bo’lgan. Aniqlangan har qanday holat bo’yicha 
jinoyatchilar va tartibbuzarlar o’sha joyning o’zidayoq jazoga tortilgan. 
Mushrif-xazina kirim-chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini 
nazorat qilgan. 
Shayxulislom-davlatdagi barcha din bilan bog’liq masalalarni 
rahbari hisoblangan. 
Ustod-davlatdagi 
barcha 
ruhoniylar 
rahbari 
keyinchalik 
shayxulislom nomi bilan tilga olingan. 
Xatib-ustoddan so’ng o’z lavozimi bo’yicha turadigan diniy 
lavozim. U jome’ masjidlarida juma namozida xutba o’qish huquqiga 
ega bo’lgan.
Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari. 
 
Vazir devoni yoki xojayi kalon-eng muhim devon. Ushbu devon 
bosh boshqaruv mahkamasi ahamiyatiga ega edi, ya’ni davlatning 
barcha siyosiy va xo’jalik muassasalari ustidan nazorat qilgan, devonlar 
boshliqlariga rahbarlik qilgan. 
Mustavfiy devoni-davlatdagi moliyaviy va davlat xazinasi 
ustidan nazorat qilgan. 
Devoni ar-rasoyil-hujjatlarni rasmiylashtirish devoni. Ushbu 
devon davlat hujjatlarni ishlab chiqish va diplomatik aloqalar bilan 
shug’ullangan. 
Devoni sohibi al ushrot-ushbu devon maxsus saralangan harbiy 
qismlarga boshchilik qilish, ularning tayyorligi, tartib intizomi, oziq-
ovqat, xo’jalik va moliyaviy ta’minoti ishlari bilan shug’ullangan.


37 
 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin