31
4-MAVZU. SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUV
TIZIMI, HARBIY HAMDA SIYOSIY TARIXI
Reja:
1. Somoniylar siyosiy tarixi.
2. Somoniylar davlatida davlat boshqaruv tizimi.
3. Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari.
4. Mahalliy boshqaruv tartiblar.
5. Somoniylar davlatida harbiylarga berilgan e’tibor va harbiy
san’at.
6. Harbiy lavozimlar va mansablar va sud-huquq tizimi.
7. Somoniy hukmdorlarining hukmronlik yillari.
Tayanch iboralar:
Somon, Nasr, Ismoil, Devon, sohibi-ash shurot, Ishataxriy, hojib,
hojib ul-hojib, visoqboshi, Amir ibn Lays, Isfirjob, sharbatdor,
dasturxonchi, Devoni ar-rasoyil , mirshab .
Somoniylar siyosiy tarixi.
IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va
Xurosonda Somoniylar sulolasi hukmronligi o’rnatilgan. Bu sulolaga
Somon qishlog’i (manbalarda-Balx yaqinida, Samarqand atroflarida,
Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar.
1
Yirik yer egasi bo’lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida
uning xizmatiga o’tib tez orada e’tiborga tushadi. Somonxudotning
o’g’li Asad hamda nabiralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan.
Shaxsan Ma’munning buyrug’i bilan Xuroson noibi Asadning
o’g’illarni 819-820-yilda turli viloyatlarga noib etib tayinlaydi.
Xususan, Nuh Samarqandni, Ahmad Farg’onani, Yahyo Shosh va
Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar.
2
Dastavval, Asadning katta o’g’li Nuh ukalari mulklarini
birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat barpo etish harakatini
boshladi. Chunki Nuhning nomidan tangalar zarb etilgani ma’lum. Nuh
vafotidan so’ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.163.
2
Сагдуллаев.A, Аминов.Б, Мавлонов.Ў, Норқулов.Ҳ. Ўзбекистон тарихи: Давлат ва
жамият тарихи I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.87.
32
Movarounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga
kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko’rsata
olmadilar. 865-yilda Ahmad vafot etgach ko’pchilik Somoniylar
tomonidan sulola boshlig’i sifatida Ahmadning o’g’li Nasr tan olinadi.
873-yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Tohiriylarning
so’nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va hududlarga soliqlar
soldi. Bundan g’azablangan xalq Muhammadga qarshi qo’zg’olon
ko’tardilar. 874-yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarni
talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib
yuborishni iltimos qiladilar.
1
Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmadni
hokim qilib jo’natadi. Nasr Ismoilni o’z noibi deb hisoblar edi. Ismoil
ibn Ahmad Buxoroda o’z hokimyatini mustahkamlab olgach,
Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo’ydi hamda akasiga
tobe bo’lishni istamadi. Natijada 886-yilda aka-ukalar o’rtasida birinchi
to’qnashuv bo’lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro noibligidan
tushurildi. 888-yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo’shinlarini tor-
mor etishga muvaffaq bo’ldi.
2
892-yilda Nasr qo’shinlari tor-mor
etishga muvaffaq bo’ldi. 892-yilda Nasr vafot etgach Ismoil
Movarounnahrning
yagona hukmdori bo’lib qoldi. Poytaxt
Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. Ismoil Somoniy 893-yilda
ko’chmanchi turk qabilalari ustiga yurish qildi. Dastlab Tarozni
(hozirgi Jambul) ni egalladi va turklarning 10 ming askari bilan birga
asir oldi. Ismoil Taroz shahridagi xristan qasrini musulmon masjidiga
aylantirdi.
3
Keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo’ldi.
Bag’dod xalifasi al-Mutadis (892-902-yillar) Ismoilning qudrati
oshib ketayotganidan sarosimaga tushib 898-yilda Movarounnahr
noibligidan Ismoilni tushirib uning o’rniga safforiy Amir ibn Lays
hokim etib tayinlash haqida yorliq jo’natadi.
4
Movarounnahr noibligi
to’g’risidagi yorliqni olgach Amir ibn Lays Ismoilga qarshi qo’shin
tortadi. 900-yilda Balx atroflarida Ismoil Safforiylar qo’shinlarini tor-
mor etdi. Manbalar ma’lumotlariga ko’ra Ismoilni nafaqat Buxorodan,
balki Xorazm va Farg’onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo’llab-
1
Shamsuddinov.R, Karimov.Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob. -T.: “Sharq”, 2010. -B.162.
2
Сагдуллаев.A, Аминов.Б, Мавлонов.Ў, Норқулов.Ҳ. Ўзбекистон тарихи: Давлат ва
жамият тарихи I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.88.
3
Shamsuddinov.R, Karimov.Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob. -T.: “Sharq”, 2010. -B.170.
4
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.163.
33
quvvatlagan edilar. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu
jangda Buxoro hunarmadlarini va oddiy xalqning qo’liga qurol berib
o’z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining
qo’llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin
birinchi bo’lib o’zaro janglarga botgan, bosqinchilar tomonidan
talangan o’lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirishga erishdi. Shu
tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning sharqiy va shimoliy
viloyatlarini o’z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soldi va hududlarda
Arab xalifaligi hukmronligiga barham berildi.
Shunday qilib, Farg’ona, Isfirjob(Sayram), Shosh, Samarqand,
Buxoro, Xorazm, Chag’aniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston,
G’azna kabi qator viloyatlarn Somoniylarga hokimyatini tan olishga
majbur bo’lgan edilar. Ismoil somoniy yirik yer egasi bo’lib, mahalliy
zodagonlar va savdogarlarga tayanib davlatni idora qilgan. Lekin
Ismoil ham, boshqa somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni
yo’qota olmadilar. Buning natijada dehqonlarning yer egalariga qarshi
chiqishlari bo’lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka viloyatlar
hokimlari markazlashtirish siyosatiga qarshilik qilib turganlar.
907-yilda Ismoil Somoniy vafot etib taxtni uning o’g’li Ahmad
ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukumronlik qilmadi (907-914-
yillar).
1
Uning davrida davlatni idora etish arab tilini qayta tiklanishi
ko’pgina mahalliy zodagonlar va turk g’ulomlarining norozoligini
uyg’otdi. Natijada u 914-yilda turk g’ulomlari tomonidan o’ldirilib,
taxtga uning 8 yoshli o’g’li Nasr ibn Ahmad o’tirdi va u balog’atga
yetguncha davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqarib turdi.
914-yil oxirida Samarqandda yana qo’zg’olon ko’tarildi.
Davlatning janubiy hududlarida bo’lgan Husayn ibn Ali Marvoziy
rahbarligidagi qo’zg’olon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo’zg’olon
qarmatlar g’oyasi bayrog’i ostida bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon 918-yilda
bostirilib Marvoziy asir olindi. Ko’p o’tmay Nasrning qarindoshi
Ahmad ibn Nuh hokimiyatiga qarshi bosh ko’tardi. 922-yilda esa Ilyos
ibn Is’hoh qo’zg’olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga
tasir ko’rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshladi. Nasr II
1
Ўша жойдан, -Б.164.
34
davrida Registon maydoni atrofida devonlar uchun maxsus 10 ta devon
bino qurilgan edi.
1
Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukumronligi davrida
Somoniylar davlati hududlarida qarmatlar harakati ancha keskin tus
oldi. Qarmatlar islomni yoyilishiga, yer egaligi munosabatlarini
kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analarni, qishloq
jamoalarni qayta tiklashni yoqlab chiqqan edilar. Shuning uchun ham
bu harakatni keng xalq ommasi qo’llab-quvvatladi. 943-yilda taxtga
o’tirgan Nasrning o’g’li Nuh qarmatlarga qarshi shafqatsiz kurash olib
bordi. Ularning mol-mulklarini musodara qildi.
Bu voqealar X asr o’rtalarida Somoniylar davlatining siyosiy
qudratiga putur yetkazdi.
2
Nuh hukmdorligi davrida Somoniylar
davlatining inqirozi yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Bo’shab qolgan
xazinani to’ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko’paytirdi. Bu
xalq norozoligini yanada oshirdi. Xalq norozoligidan foydalangan
Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali
Chag’oniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga
muvaffaq bo’ldi. Abu Ali Chag’oniy Xurosonga qaytgach Nuh yana
Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin
somoniylarning Abu Ali Chag’oniy bilan kurashi keyingi yillarda ham
davom etdi.
Soliqlarning yil sayin ko’payib borishi, zodagonlarning o’zaro
janjallari, noiblarining markazga bo’ysunmay qo’yishini va saroyda
bo’layotgan taxt uchun kurashlar somoniylar davlatini juda zaiflashtirib
yubordi.
Bu kurashlar ayniqsa Amir Mansur ibn Nuh II (976-997-yillarda)
hukmronligi davrida keskin tus oldi.
3
Ichki nizolar oqibatida Nuh II
Yettisuv va Qoshg’arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining
Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi.
Somoniylar davlatidagi beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Horun
Bug’roxon 990-yilda G’arb tomon qo’shin tortdi va ikki yil davomida
Somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni bosib oldi. Shundan
so’ng somoniylar davlati o’zini tiklay olmadi. 997-yili Nuh II ham
1
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б. 98.
2
Ўша жойдан, -Б. 99.
3
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.168.
35
Sobuqtegin ham vafot etadi. Nuh II ning o’gli Mansur ibn Nuh (997-
999) ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon
ko’tardilar.
1
Buxoroda Somoniylar hokimyatini ag’darib tashlash
uchun 999-yilda qoraxoniylardan bo’lgan Nasrxon o’z qo’shinlari bilan
shaharga bostirib kiradi.
2
Somoniylarning so’nggi hukmdori Abu
Ibrohim Muntasir 1005-yilda o’ldiriladi hamda Movarounnahr va
Xurosondagi somoniylarga tegishli bo’lgan hududlar qoraxoniylar va
g’aznaviylar tomonidan bo’lib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |