81
vazirdan keyingi eng nuzufli mansab egasi omil bo’lib, omil “voliy”
ma’nosida ishlatilgan. Omil boshqaruvchi noib kabi vakolatga ega
bo’lgan. Voliy keyingi davrlarda yirik urug’ beklari orasidan
tayinlangan. Ularning qo’l ostida ba’zan qullardan tarkib topgan
xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan.
Amiri-oxur(miroxur)-sulton otxonalari boshlig’ining lavozimi.
U sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxurlar
harbiy yurishlarda ham faol ishtirok etganlar. Otlarning soni 30
minggacha bo’lgani ma’lum. An-Nasaviyning asarida sulton Alouddin
Muhammadning miroxuri Ixtiyoriddin Qushlu ixtiyorida 30 ming ot bor
edi.
Dostları ilə paylaş: