Davlatning harbiy lavozimlari. Sipohsolor (Su boshi)-qoraxoniylar davlatida bosh qo’mondon
hisoblanadi. Qo’shin eng yirik lavozimi. Yurishlar vaqtida qo’shinni
odatda hukmdorning o’zi boshqaradi, shu bilan birga sipohsolor ham
birga boshqargan. Bu lavozimni quyi tabaqadan bo’lgan kishilar ham
egallashi mumkin edi.
Solor-qoraxoniylar davlatida lashkarboshi hisoblangan.
Sarxayl-qoraxoniylar davlatida otliq otryad boshlig’i.
Suboshilar yoki isfaxsolar-qoraxoniylar davlatining tashqi va
ichki hayotida muhim shaxslar ya’ni lashkarboshilardir.
Yashg’ak-harbiy yurishlar paytida xon o’z chodirida dam
olayotgan paytda xonni qo’riqlovchi askarlar shunday atalgan.
Yuqtug’lar-Yusuf Xos Hojib ma’lumotiga ko’ra-jang kunlarida
yoki biror yerga borishda xonning kuzatuvchi soqchilar shunday
atalgan.
Chabush-jang maydonida bevosita jangchilarga rahbarlik
qiladigan kichik zobit unvoni.
Xaylboshi-jang maydonida bevosita otliq qo’shinga rahbarlik
qiladigan shaxsdir.
Chovush-xoqonlikda yuzlik bo’linma rahbari shunday unvon
bilan taqdirlangan.
O’nboshi-xoqonlikda o’nlik bo’linma rahbari shunday unvon
bilan taqdirlangan.
Sohibi jaysh –viloyatdagi qo’shinlar boshlig’i.
Sarboz-qoraxoniylar davrida askarlar shunday atalgan.
Yagona xoqonlikning ulug’ xoqonlari. Ali ibn Muso ______
Ahmad I Arslon Qoraxon yoki Tug’onxon. boshlanishi noma’lum
998(388) tugagan.
Mansur Arslonxon (998-1015) yoki (388-406)
Ahmad II Tug’onxon (1015-1024) yoki (406-415)
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.277.