A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Takin-viloyat noibi hisoblanadi.  Bek-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Takin-viloyat noibi hisoblanadi. 
Bek-qabila boshliqlari. 
Rais-xoqonlikda shaharlarni boshqaruvchi shaxslar rais deb 
yuritilgan. 
Muxtasib-bozorlarda tarozi va narx-navoni, aholi tomonidan 
shariat qonun-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladigan shaxsdir.
Shayxulislom-xoqonlikdagi barcha diniy masalalar rahnamosi 
hisoblangan. 
Qo’shchi-xoqon ovchisining tashkilotchisi hisoblanadi. 
Imom-juma namozida oldinda turuvchi, musulmon jamoasi 
boshlig’i. 
Said- payg’ambarimiz avlodlari hisoblanib shahar yoki qabilalar 
ittifoqining rahbari bo’lgan. 
Mufti-diniy masalalar bo’yicha fatvo chiqaruvchi shaxs. 
Oshchi(Bovarchi)-xoqon oshxonasi boshlig’i hisoblanadi. 
Og’ichi-xoqonning shoyi kiyimlar xazinachisi. 
Birin-mehmonlarni qabul qilish bo’yicha mutasaddi shaxsdir. 
Bundan tashqari, saroy ishlarini boshqargan. 
Yalavoch(yalafar)-xoqonlikdagi elchilar shunday deb atalgan. 
Qozi ul-quzzot –xoqonlikdagi sud-tartibot ishlarini boshqarish 
qo’lida bo’lgan. 
Qozi –joylarda sud ishlari bilan shug’ullangan. 
Qoraxoniylar davlatining harbiy san’ati. 
 
Qoraxoniylar davlatida gvardiya boshlig’i devoni muhim roli 
o’ynagan. Yusuf Bolasog’uniy “hukmdor o’z mavqeini mustahkamlash 
uchun jangchilarni rag’batlantirib turishi lozim” deb bejiz ta’kidlab 


67 
o’tmagan. Asosiy harbiy lavozimlarni hukmdor xonadon vakillari, 
mahalliy hokimlarning vakillari va xizmat muddatini o’tab bo’lgan turk 
qullari egallashgan. Yusuf Bolasog’uniy qoraxoniylar qo’shinning 
bunday qismlarini cherik yuz, ming deb atagan. Yusuf Bolasog’uniy 
qo’shinini “qo’shun” deb, otliq qo’shin va lashkarni-su, erekt va cherik 
deb atagan, jang maydonida bevosita jangchilar rahbarlik qiladigan 
kichik zobitni-chobush, otliqlar rahbarini-xaylboshi deb nomlangan. 
Qurollar va harbiy aslaha-anjomlardan qilich, baldu-oybolta, oq yariq-
sovut, qamchilig’-qamchin va temirqalqon nomlari uchraydi. Yusuf 
Bolasog’uniy hukmdorga qo’shinga nisbatan hushyor bo’lishni, 
xususan har bir qismda jangchilar miqdorini 4 mingdan oshirmaslikni, 
xalqlarni zabt etmoqlik uchun o’ng qo’lda boylik, so’l qo’lda-
diplomatlar va qilich tutmoq zarurligini nasihat qilgan. 
Qoraxoniylar bilan qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro ayg’oqchilik 
tizimi mavjud bo’lgan. “Qobusnoma” da buvayhiylar vaziri Sohib 
Ismoil ibn Abbod tilidan aytilgan aniq faktni bir eslab ko’raylik: 
“Mening xabarchimning Qoshg’ardan yozishicha, xoqon falonchi 
sipohsolor bilan maslahatlashgan, men esa uni unga nima deganini bila 
olmadim… Bugun boshqa xat keldi, u yerdagi ahvol haqida. Mana 
shuning uchun men mamnunman”. Sulton Mahmudning ham O’zganda 
Nasr ibn Ali davrida shunday xabarchisi bo’lgan.
Qoraxoniylar davrida muntazam armiya tarkibi xoqonni, qal’ani 
himoya qiladigan, soqchilik qiluvchi, dushmanni kuzatuvchi kabi 
guruhlardan iborat bo’lgan. Qo’shindagi eng kichik birlik o’nlik 
tuzilma hisoblangan. Harbiy yurish davrida o’ng qo’l, chap qo’l, o’rta 
saf, orqa safga bo’lingan hamda 9 xil tug’ ishlatilgan. O’q-yoy, bolta, 
xanjar, qilich turli shakllardagi sovutlardan foydalanilgan. Harbiy 
taktikaga, mudofaa inshootlarini barpo etishga va jangchilarni 
janggovar ruhda tarbiyalashga katta ahamiyat berilgan.
1
Qoraxoniylar davridagi harbiy san’at haqida ma’lumotlar 
nihoyatda oz. Shuning uchun bu xususida bilimimizni biroz bo’lsada 
boyitish uchun shu davrda yashagan buyuk allomalar, xususan, 
Mahmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Hojib asarlariga murojaat 
qilishimizga va ulardan harbiy ishga aloqador bo’lgan joylarni olib, 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.271. 


68 
sinchiklab o’rganib chiqishimizga to’g’ri keladi. Qoraxoniylar atamasi 
xususida M. Qoshg’ariy bunday deydi: “Xoqoniya shohlari qora deb 
ataldi. Bug’ra qora xoqon deyilgani kabi”. 
Qoraxoniylar qo’shinida askarlarning nomi va ozig’i yozilgan 
maxsus daftar bo’lib, uni oy bitigi deyishgan. Bu davrda shahar, qal’a 
mudofasiga ham ancha e’tibor berilgan. Qoraxoniylar shahar devorini 
qurayotganlarida urush uchun tayyorlangan maxsus burjlar-o’lkaklar 
qurganlar. Qo’shinning safar paytida oldinda boradigan qismi yizak deb 
nomlangan. Qoraxoniylar qo’shini dushman bilan to’qnashganda 
“ulkan cherik” deb nomlangan bir hiylani ishlatgan. Unga ko’ra, 
askarlar chor atrofdan to’da-to’da bo’lib to’planishgan. Bir to’da 
ilgarilab ketgach, qolganlari ham unga ergashgan. Mana shu hiyla 
ishlatilganda yengilish juda kam bo’lgan. 
Yog’ochdan yasalgan kamonlar “yatan” deb atalgan. 
Kamonchilarga katta e’tibor berilgan. Ularning hunnular davridan 
qolgan mashhur hushtakli o’qlar bilan qurollangan bo’lishlari 
ehtimoldan holi emas. Chunki kamon o’qining ustiga kiygiziladigan 
moslamani “soqim” deb atashgan.
1
Bunda yog’och archa bujuri 
shaklida qirqib olinib, ichi o’yiladi va uch tomondan teshib o’qlarning 
ustiga kiygiziladi, shunda o’q uchgan vaqtda hushtak chalinadi. 
Albatta, bunday hushtakli o’qlar dushman askarlari ko’ngliga g’ulg’ula 
solish, ruhiy ta’sir ko’rsatish maqsadida ishlatilgan. Qoraxoniylar 
yengil o’q bilan otishni “cho’ram” deb ataganlar. Bunday oddiy bir o’q 
otilishidan uzoqroqdir. O’q uzoqroq borishi uchun jangchi uni 
chalqancha yotib otgan, bu holda otilgan o’q “cho’ram o’qi” deyilgan. 
Mahmud Qoshg’ariy qoraxoniylarning “shovqin-suron bilan 
dushman ustiga hujum qilishlari, qalqon va nayza bilan zarba 
berilishlari, jangda matonat bilan qattiq olishishlari, sulh so’ralgan 
holatda darhol jangni to’xtatishlari haqida yozadi. Qoraxoniylar 
raqiblariga duch kelganlarida uni o’rab olishga harakat qilib, 
dushmanning qochish yo’llarini kesib qo’yishga harakat qilganlar. 
So’ngra otlardan tushib g’azab bilan arslondek nara tortib dushmanga 
hamla qilganlar va bu bilan dushman kuchi kesilib, zaiflashishiga 
erishganlar. Qo’shin oqar suvga qiyoslangan, shuning uchun “askar 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.272 


69 
qo’zg’alsa suv yekti” deyilgan. Ehtimol, bu davrda keng tarqalgan 
suboshi atamasi qo’shin boshlig’i degan ma’noni bildirishini e’tiborga 
olsak, bu nom bejiz berilmagan bo’lsa kerak. Urush harakatlari 
bo’lmayotgan davrda qo’shinlar doimiy suratda harbiy mashqlar 
o’tkazib turishgan. Xonlar bu vaqtda qo’shin tarkibidagi qullarga ot 
berganlar va harbiy mashq tugagach, uni qaytarib olganlar.”
1
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari qoraxoniylar davri 
harbiy san’ati haqida birmuncha fikr yuritish imkonini beradi. Asarda 
sarkardaning mahorati, qo’shin tuzish, yovga qarshi qo’shin tortish, 
jang qilish usullari haqida qiziqarli ma’lumotlarni uchratish mumkin. 
Chunonchi, Yusuf Xos Hojib harbiy ish, qo’shinni tashkil etishda 
avvalambor lashkarboshilarni tanlashga katta e’tibor beradi. Ko’plab 
ijobiy xislatlarni o’zida jamlagan jasur, uddaburon, tadbirkor 
lashkarboshi topish so’ngra qo’shinni yovga qarshi tayyorlash chora-
tadbirlari haqida so’z yuritadi. Uning ta’kidlashicha, qo’shin tuzishda 
uning soniga emas, sifatiga e’tibor bermoq lozim. Chunki qo’shin ko’p 
sonli bo’lsa bebosh bo’ladi. Sinalgan jangchilardan iborat oz sonli 
qo’shin 12 minglik qo’shinni ham pisand qilmaydi. Oz sonli qo’shinni 
qurol-aslaha bilan yaxshilab qurollantirmoq lozim. 
Qo’shin miqdori 4 ming kishidan oshmasligi kerak. Bu qo’shin 
bilan yovga qarshi otlanganda avvalo oldindan ilg’or saf va ayg’oqchi 
saf yuboriladi. Umuman olganda asar mazmuni bo’yicha qoraxoniylar 
qo’shinining safardagi holati bizningcha, quyidagi ko’rinishga ega 
bo’lgan: safar chog’ida bayroqdor-yo’lboshlovchilar o’z rejalarini sir 
tutilishiga katta e’tibor berganlar. Qo’shin tabiiy jihatdan qulay 
bo’lgan, atrofida o’t-o’lan, suv bo’lgan mustahkam yerda joylashib 
qarorgoh qurgan. Uning atrofiga soqchi saflar qo’yilgan. So’ngra 
lashkarboshi ilg’or saf bilan yovga yaqinlashgan, bunda til 
oldirmaslikka va bu bilan o’zlarining oz sonli ekanliklaridan yovni 
xabardor qilib qo’ymaslikka e’tiborlarini qaratishgan. Yaxshilab 
o’rganib olgach, so’ngra yov tomonidan til olishga harakat qilingan. 
Odatda, bunday vaziyatda yovdan ustun chiqish uchun 2 xil usul 
ishlatilgan, ya’ni, birinchidan, yovga nisbatan hiyla-nayrang ishlatish 
va ikkinchidan, sog’liq va hushyorlikni qo’ldan bermaslik kerak. Yov 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.275. 


70 
qo’shini miqdor jihatdan ancha ustun bo’lgudek bo’lsa, u holda jangga 
birinchi bo’lib yov tashlanishini kutish yoki yov bilan sulh tuzishga 
harakat qilmoq joiz bo’lgan. Bordi-yu, sulh tuzishning imkoni 
bo’lmasa, u holda sovutlarni kiyib, qattiq jangga kirishish kerak. 
Markaziy Osiyoda mo’g’ullar bosqinigacha bo’lgan davrda “Quyaq” 
deb nomlangan sovut ishlatilgan. U yengsiz bo’lib, etagi uzun edi. 
Jangchilarning janggovar kiyimboshlarining og’irlashuvi yangi 
qo’shin turi-og’ir qurollangan otliqlarning ajralib chiqishi va yangi 
hujum taktikasi-zich saf tortgan holda hujum qilish usulining paydo 
bo’lganligi bilan bog’liqdir. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki, Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkistondan Movarounnahrga X-
XI asrlarda kelgan qoraxoniylar qo’shinida og’ir qurollangan otliq 
qo’shin bo’lgan, to’satdan hujum qilish qo’llanilgan.
1
Jang oldidan xon qo’shin safi oldidan o’tib askarlarga in’om 
ulashgan, jangchilarni maqtab, ularning ko’nglini ko’targan, bir qism 
lashkarni pistirmaga joylashtirgan, so’ngra qolganlarni jangga 
boshlagan. Raqibga o’zlarining oz ekanliklarini bildirmaslik maqsadida 
yovga juda shiddatli hamla qilib, tezda orqaga qaytishgan. Piyoda 
o’qchilar hujumga madad berishgan, qo’shinning oldingi saflarida 
janggovar, sinch, yoshi katta bahodir jangchilar jang qilgan. Qo’shinda 
tartibni saqlash, parokandalikdan, atrofdan bo’ladigan xavf-xatardan 
muhofaza qilish maqsadida oldinga va orqaga ishonchli kishilardan 
iborat qism qo’yilgan, o’ng va so’l tomonlarga ham shunday qism 
joylashtirilgan. Dushman hujumga tashlangudek bo’lsa, uni uzoq 
masofadan turib o’qqa tutishgan, yaqinroq kelganida nayzabozlik 
jangiga, ikkinchi tomon aralashib ketgan taqdirda, qo’l jangida qilich 
va oybolta bilan jang qilingan. Yov qo’shini orasida sarosimalik, 
zaiflik, parokandalik alomatlari paydo bo’lishi bilan butun kuch bilan 
uning ustiga tashlanilgan, yov qochsa uni uzoq ta’qib etmaganlar.
Shunisi e’tiborga loyiqki, jangda matonat ko’rsatganlarga 
unvonlar berilgan, yaradorlarni davolashgan, asir tushganlarni pul, mol 
evaziga qutqarib, qaytarib olishga harakat qilingan. Jangda halok 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.276. 


71 
bo’lganlarni hurmatlab dafn etib, ulardan qolgan farzdalarining haqi 
berilgan.
1

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin