Da’votdor-sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi.
sohibi.
Mahramlar-Jaloliddinning saroyida mahramlari ham bo’lgan.
Ularga
“xodimoni xos” ham deyilgan. Mahramlar “malikul xos” unvoniga ega
bo’lganlar.
Al-hojiblar-saroylarda odatda sulton yoki shohlarning, umuman
hukmdorlarning ishlarini al-hojib, erkak odamlar qilishgan.
Otabek- “ota” va “bek” so’zlaridan tashkil topgan. Bu unvon,
dastlab, saljuqiylar davrida joriy etildi. Dastlab, saljuqiylarning
mashhur vaziri Nizomulmulkka shu unvon berilgan edi. Sultonlar
imperiya hududlarini sulola a’zolariga taqsimlab bergan vaqtlarida
kichik yoshdagi shahzodalarga vasiy va murabbiy sifatida otabek
tayinlar edilar. Ular o’z xizmati, sadoqati va kuch qudrati bilan tanilib,
buyuk amir darajasiga ko’tarilgan qo’mondon orasidan tanlab olinardi.
Shihna-viloyatning jamoat tartibini saqlash bilan shug’ullangan.
U xalqning tinchligi, osoyishtaligi va farovonligini ta’minlagan, omil
soliq yig’ish masalalarida yordam bergan. Aftidan shihna harbiy toifaga
mansub bo’lgan.
Voliy-viloyatni boshqargan noib.
Rais-har bir qal’a shahar va tumanda bo’lgan. Bu lavozim egasi
shaharning obro’li kishilari orasidan mahalliy aholi tomonidan
saylangan va shahar miqyosida shihna vazifasini o’tagan. Raislar
viloyat voliysiga bo’ysungan.
Mustaxdam-saroyning umumiy ishlari bilan shug’ullangan
xizmatchilarga muqaddimi chovushon boshchilik qilardi. Uning qo’l
ostida chovushlar va mustahdamlar xizmat qilgan. Binobarin, armiyada
chovush unvonli kichik boshliqlar bo’lganidek, saroyda ham
chovushlar xizmat qilgan. Ular safarda sultonga hamrohlik qilganlar,
choparlik xizmatini o’taganlar.
Jomardor-hukmdorning liboslari bilan shug’ullanadi.
Amirul-a’lam (a’lamdor yoki yalovbardor)-sulton bayroqdori
yoki sulton tug’ining sohibi.