A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Omil-joylarda soliq yig’ish bilan shug’ullanganlar. So’boshi-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Omil-joylarda soliq yig’ish bilan shug’ullanganlar.
So’boshi-qo’shin sarkardalaridan biri hisoblangan. Mahmud 
Qoshg’ariy ma’lumotiga ko’ra. 
Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari. 
Devoni tug’ro-eng muhim devon, uning boshlig’i bosh vazir 
o’rinbosari mavqeyiga ega bo’lgan. Devoni tug’ro sulton farmoni, 
qarorlari, rasmiy hujjatlarini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun taqdim 
etish, markazdan joylarga rasmiy hujjatlarni yuborish, joylardan 
markazda qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat 
hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ishlariga rahbarlik qilgan. 
Devoni istifo-moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar 
bilan shug’ullangan, ularni ro’yxatga olishga ma’sul devon. 
Devoni ishrof-davlat nazorati devoni. Ushbu devon moliya-soliq 
ishlarni, hisoblarni tekshirish, vaqt mulklar ustidan nazorat qilish, 
sulolaga tegishli yer-suv, qimmatbaho moliya qog’ozlari, zarbxonalar, 
bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, amaldorlar ustidan nazorat olib 
borgan. 
Saljuqiylar davlatida harbiy san’at. 
Saljuqiylar ulkan davlat tuzish yo’lida cheksiz muvaffaqiyatlar 
keltirgan omil bu shubhasiz ularning harbiy texnikasi va mahoratidir.
Albatta, o’g’uz-turkman qabilalarining o’z raqiblari ustidan qozongan 
g’alabalarida ularning jangovar sifatlarini rolini inkor etib bo’lmaydi. 
Bundan tashqari, XI asr o’rtalariga kelib istilolar jarayonida sajuqiylar 
harbiy tashkiloti yuksalib boradi. Ularning harbiy quvvati va 
hukmronligi asosini nisbatan oz muddat ichida muntazam qo’shin 
tashkil etilib, ko’chmanchilarning urug’-qabila lashkarlarining 
endilikda mavqelari ancha pasayib qolgan edi.
1
Saljuqiylar harbiy tuzilmasi o’sha davrda “lashkari ijaraxo’r” va 
“jaridayi iqtaat”ga bo’lingan. Ulardan birichisining ma’nosi “maosh 
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.258. 


59 
oluvchi lashkar” va ikkinchisi “iqto ro’yxatlarida turuvchi lashkarlar” 
deb atalgan.
Qo’shinning o’zi bir necha qismlardan tashkil topgan: sulton 
gvardiyasi (xos), saroy, qo’shinlari(mufridot), shahzodalar va 
sulolaning boshqa a’zolarini qo’shini, shuningdek, vassallar 
lashkarlaridan iborat edi. Xazinadan maosh oluvchi lashkar boshliqlari 
va oddiy jangchilar devoni jaysh ro’yxatlarida qayd etilgan. 
Professional qo’shin turkiylar, eroniylar, arab, kurd, arman va 
boshqa millatlarda tashkil topgan edi. Davlat qo’shinida iqto olgan 
amaldorlar ham davlat ro’yxatida turgan va boshqaruv tarkibiga 
kiritilganlar. Malikshoh hukmronligi davrida 40 mingdan 47 
minggacha otliqlar soliqlardan ozod qilinganlar ular tinch davrlarda 
favqulodda soliqlar va nafaqa hisobidan kun kechirganlar. 
Saljuqiylar qo’shini asosan kamon bilan jang qilishni yaxshi 
ko’rishgan. Bo’ri uvullashini eslatadigan janggovar hayqiriq bilan 
dushmanga qo’qqisdan hujum qilib, ular odatda dushmanga asosan 
kamon o’qi yog’dirib yolg’ondan chekinganlar ko’chmanchilarning 
ko’ngilli lashkarlari qo’shni yerlarga tez-tez bosqinchilik hujumlari 
qilib asirlar, otlar, xachirlarni o’lja olishgan. Nikita Xoniatning 
ta’kidlashicha, jangdan so’ng kamonchilar o’lgan dushmanlarini bosh 
terisini shilib olishgan.
Sulton Sanjar hukmronligi davrida o’g’uz harbiy an’analari qayta 
tiklana boshlandi. Esiji o’gli Alining guvohlik berishicha, uning vaqtida 
“o’g’uz to’ra” rasmiga rioya qilingan. Unga ko’ra qo’shinning o’ng 
qanotini an’ana sifatida qayi va bayot qabilasining beklarbegi, so’l 
qanotni esa bayundur va bijanak qabilasidan beklarbegi tayinlangan, 
Ibn al-Asir va Hofizi Abro’larning qayd qilishlaricha ikki katta 
guruhga-Nosiriddin Abu Shujo To’tibek rahbarligidagi uchuqlar va 
Ko’rduq ibn Abdon Hamid boshchiligidagi buzuqlarga bo’lingan. 
Uchuqlar “katta” va buzuqlar- “kichik” qabilalar ro’yxatiga 
kiritilganlar va ular qo’shinning o’ng qanotini tashkil qilganlar. O’g’uz 
qo’shinning ikki qanotidan tashqari markaz (manglay), shuningdek 
avanggard va qo’riqchi qo’shinlar, kuzatuvchi harbiy qismlardan iborat 
bo’lgan. 
Saljuqiylar qo’shini tarkibida mamluklardan tuzilgan qismlar, 
ko’chmanchilardan tashkil topgan ko’ngilli lashkarlar. Shuningdek, 


60 
yollanma vassallar qo’shini ham bor edi. Har bir qo’shinning alohida
qurol-yarog’i, kiyim-boshi, harbiy tug’ va bayrog’i bo’lgan.
1
XI-XII asrlarda Xuroson sultonligida Yaqin va O’rta Sharqning 
ko’pchilik boshqa regionlari kabi qurol-yarog’lar og’irlashadi.
Shamshirning roli oshadi, sovut va zirhlarni chopib tashlovchi ikki 
dastalik shamshirlar paydo bo’ladi. Og’ir qurollangan otliqlarning 
asosiy roli dastalik 6-8 m. li uzun nayza edi. Yengil qurollangan otliq 
jangchilar esa kalta nayzalardan foydalanishgan. Asosan dehqonlardan 
olingan piyoda askarlar esa sepoya va shohalardan qurollanganlar.
Ko’chmanchi jangchilar esa qilich, pichoq, qalqon, cho’qmor, so’yil, 
tig’i torayib boruvchi yengil jang boltalari mavjud edi. Ular shaharlarni 
qamal qilishda maxsus arqonlardan ham foydalanishgan. Astariga yirik 
metall halqalar o’rnatilgan zirhlar, tangasimon, qat-qat, asosi charm teri 
bo’lgan jang sovutlari (javshan tanure) bo’lgan.
2

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin