62
7-MAVZU: QORAXONIYLAR DAVLATINING
DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI, HARBIY VA SIYOSIY
TARIXI. QORAXONIYLARNING SIYOSIY TARIXI.
Reja.
1. Qoraxoniylar davlatining davlat sifatida shakllanish tarixi.
2. Qoraxoniylarning boshqaruv tizimi.
3. Qoraxoniylar harbiy san’ati tarixi.
4. Qoraxoniy xoqonlarning hukmronlik yillari.
Tayanch iboralar:
Qoraxon, Bug’roxon, kichik xoqon, eloqxon, agichi, jantdor, ulkan
cherik, yatan, soqim, cho’ram, bek, tekin, imom, Kitob al-kamin fi-
tarix, yalavoch.
Qoraxoniylar davlating siyosiy tarixi.
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning ko’payishi
va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshladi.
Somoniylarga tobe bo’lgan viloyatlarda, ayniqsa, Xurosonda ular
hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan isyonlar toj-u-taxt uchun uzluksiz olib
borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi.
1
Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg’arda yashovchi turkiy qabilalar
unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu
hududlardagi turkiy qabilalar-qarluqlar, chigillar, yag’molar va boshqa
o’zlarining kuchli feodal davlatlarini tuzishga muvaffaq bo’lgan edilar.
Qoraxoniylar turkiy qavmlar ekanligi aniq bo’lsada, ularning
kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Ammo, ular o’z
sulolalarini “Afrosiyob avlodi” deb ataganlari hamda Qoraxoniylar
chigillar yoki qarluqlar qavmiga mansubligi haqidagi nuqtai nazar o’rta
asrlar davri tarixining ko’pchilik tadqiqotchilari tomonidan e’tirof
etiladi.
2
Qoraxoniylar islom dinini Horun Bug’roxon davrida qabul qilgan.
Ayrim yozma manbalarda u Bug’roxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol
uchun, Ibn al-Asir o’zining “Kitob al-kamin fi-tarix” asarida ma’lumot
berishicha Qoshg’ar, Bolasog’undan to Chan (Xitoy) chegarasigacha
bo’lgan yerlar Bug’roxon at-turkiy hukmronligida bo’lgan.
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.171.
2
Ўша жойда, -Б.172.
63
Butun Tyanshan va Yettisuvni egallab bo’lganidan so’ng
Qoraxoniylar somoniylar davlati tarkibida bo’lgan Movounnahrga ham
harbiy yurishlar uyushtira boshladilar va tez orada Farg’ona va Isfijob
(Sayram)ni bosib olishga erishadilar. 990-992-yillarda Qoraxoniy
Horun (Hasan) Bug’roxon Somoniylarga tegishli bo’lgan O’rta
Osiyodagi mulklarning kattagina qismini bosib oldi. Qoraxoniylar
Buxoroga bir necha bor yurishlar olib bordilar. Mazkur maqsad
yo’lidagi birinchi urinish 992-yili ro’y beradi.
1
Bug’roxon Buxoroni
egallaydi. Shu yilning o’zida Bug’roxon dardga chalinib vafot etadi,
uning qo’shinlari esa Buxoroni tashlab ketadi.
2
Manbalarning ma’lumot
berishicha, Somoniylar davlatida katta ta’sirga ega bo’lgan turk
lashkarboshisi, Xuroson hokimi Abu Ali Sinjuriy va yana bir
lashkarboshi Balx hokimi ochiqdan ochiq Qoraxoniylarga yon
bosadilar. Ya’ni, Sinjuriy Hasan Bug’roxon bilan muzokara olib borgan
bo’lsa, Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug’roxonga qarshi jangda, har
tomonlama ustunlikka ega bo’lishiga qaramay taslim bo’ladi. Hasan
Bug’roxon Samarqand va Buxoroni egallagach, kasalligi tufayli
urushni davom ettira olmasdan Qoshg’arga qaytishda, yo’lda
Qo’chqorboshi degan joyda 993-yilda vafot etadi.
Hasan Bug’roxon vafotidan so’ng ulug’ xon (Qoraxon)
lavozimini, uning jiyani Ali ibn Muso egallaydi. Ammo u uzoq vaqt
taxtga o’tira olmadi. Taxtni Qoraxoniy Nasr Eloqxon egalladi.
Somoniylar davlatidagi ichki nizolarni, somoniy hukmdorlari va Turk
lashkarboshilari o’rtasidagi kelishmovchiliklarni diqqat bilan kuzatib
turgan Qoraxoniylar 996-yilda Nasr Eloqxon boshchiligida Buxoroga
yangi yurishlar uyushtirdilar.
3
Somoniy hukmdori Nuh II G’azna
hokimi Sabuqteginni yordamga chaqiradi. Balxda katta qo’shin bilan
yetib kelgan Sabuqtegin Kesh va Nasaf oralig’ida joylashib, o’z
qo’shinlari bilan kelib qo’shilishini so’rab Nuh II ga elchi yuboradi.
Lekin o’z “vassali” ga uncha ishonmagan Buxoro hukmdori o’z vaziri
O’zayrining fikriga qo’shilib bu taklifni rad etadi va Sabuqteginning
o’zini Buxoroga chaqiradi. Bundan ranjigan Sabuqtegin o’g’li
Mahmudni 20 minglik qo’shin bilan Buxoroga jo’natadi. O’zi esa Nasr
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.104.
2
Баракаев.Ж, Ҳайдаров.Й. Бухоро тарихи. -T.: “Ўқитувчи”, 1991. -Б.43.
3
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.117.
64
Eloqxon bilan muzokaralar olib borib, Qoraxoniylarga Somoniylarga
tegishli bo’lgan shimoliy hududlarni taqdim etadi.
Shunday qilib, 1005-yilga qadar Somoniylar va Qoraxoniylar
o’rtasida ko’plab urushlar bo’lib o’tdi va o’sha yili so’nggi Abu
Ibrohim Ismoil Muntasirning Buxoroni ozod etishdagi harakatlari
muvaffaqqiyatsiz yakunlandi va Somoniylar siyosiy tarix sahnasidan
tushib ketdilar. Xullas, XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati
Amudaryoning yuqori va o’rta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa
Tarim daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan edi. Ayrim
olimlarning fikricha, shu vaqtdan boshlab Qoraxoniylar Buxoro,
Samarqand va umuman, Amudaryogacha bo’lgan hududlarni ham
boshqara boshlaganlar. Siyosiy jihatdan olib qaraganda, XI asr
boshlarida Turkiston bir qancha siyosiy kuchlar tomonidan idora
etilgan. Sharqiy Turkiston, Toshkent, Isfijob, Farg’ona, Samarqand,
Buxoro,
Chag’aniyon,
Xuttalon
viloyatlari
Qoraxoniylar,
Amudaryoning chap qirg’oq yerlari to G’aznagacha, Xuroson, Seyiston
viloyatlari G’aznaviylar, Xorazm esa Xorazmshohlar, Orol dengizidan
sharq va shimoldagi yerlar O’g’uzlar ittifoqi tomonidan boshqarilar edi.
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi 200 yil davom
etadi. Somoniylarga tegishli bo’lgan yerlarni egallash jarayonida
Qoraxoniy
boshqaruvchilari
vaqtinchalik
bo’lsada
birlashib
turkiylarning yirik Qoraxoniy davlatini barpo etadilar. Bu davlat bir
necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, Nasr Eloqxon hokimlik qilgan
shijoatli va mohir sarkarda Nasr Eloqxon do’stona munosabatlar
o’rnatish tarafdori ekanligini bildirib qo’shnisi Mahmud G’aznaviy
bilan elchilik munosabatlarini o’rnatadi. Ammo bunday munosabatlar
uzoq cho’zilmadi. Mahmud G’aznaviy shimoliy Hindistonda urush olib
borayotganidan foydalangan Nasr Eloqxon 1006-yida katta qo’shin
bilan Amudaryodan kechib o’tib Balx, Tus, Nishopur shaharlarini bosib
oladi. Shunga qaramasdan, G’aznaviylar Qoraxoniylarni Xurosondan
haydab chiqarishga muvaffaq bo’ldilar. 1008-yilda Qoraxoniylar yana
Xurosonga hujum qildilar. Mahmud G’aznaviyning o’zi 500 ta jangga
o’rnatilgan fillarga ega bo’lgan katta qo’shin bilan Qoraxoniylarga
qarshi chiqdi va Balx atrofida bo’lgan jangda ularning qo’shinini tor-
mor keltirdi.
1
XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa qoraxoniylar
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.105.
65
shu yuz yillikning 40-yillaridan buyon kuchga kira boshlagan boshqa
bir turkiy sulola-saljuqiylar bilan keskin munosabatda bo’la
boshlaydilar. Ma’lumki, saljuqiylar XI asrning 40-yili g’aznaviylarni
mag’lubiyatga uchratib, 50-yillardan esa Xurosondan Bag’dodgacha
bo’lgan hududni o’zlariga bo’ysundirishga erishgan edilar.
1
Mintaqada hukmronlikka intilish borasidagi bu ikki sulola
o’rtasida kurashning amaliy ko’rinishi sifatida 1089-yil voqealarini
keltirish mumkin. Chunonchi, o’sha yili saljuqiy hukmdor Malikshoh
Buxoro, Samarqand, O’zgan kabi shaharlarda o’z siyosiy hukmini
o’rnatib, qoraxoniylarga qattiq zarba berishga muvaffaq bo’ladi.
Sharqiy Turkistonga bostirib kirgan kidanlarni (qoraxitoylar) 1128-
yilda mag’lubiyatga uchratgan, qoraxoniy Ahmad Qoshg’ariy ham
arslonxon deb atalgan.
2
1137-yil qoraxoniylar Xo’jand atrofida
qoraxitoylardan yengiladi. Xususan, qoraxoniylar tarix sahnasidan
ketishi 1213-yilda yuz berdi. Buni xorazmshohlar Sulton Muhammad
amalga oshiradi.
3
Dostları ilə paylaş: |