Takin-viloyat noibi hisoblanadi.
Bek-qabila boshliqlari.
Rais-xoqonlikda shaharlarni boshqaruvchi shaxslar rais deb
yuritilgan.
Muxtasib-bozorlarda tarozi va narx-navoni, aholi tomonidan
shariat qonun-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladigan shaxsdir.
Shayxulislom-xoqonlikdagi barcha diniy masalalar rahnamosi
hisoblangan.
Qo’shchi-xoqon ovchisining tashkilotchisi hisoblanadi.
Imom-juma namozida oldinda turuvchi, musulmon jamoasi
boshlig’i.
Said- payg’ambarimiz avlodlari hisoblanib shahar yoki qabilalar
ittifoqining rahbari bo’lgan.
Mufti-diniy masalalar bo’yicha fatvo chiqaruvchi shaxs.
Oshchi(Bovarchi)-xoqon oshxonasi boshlig’i hisoblanadi.
Og’ichi-xoqonning shoyi kiyimlar xazinachisi.
Birin-mehmonlarni qabul qilish bo’yicha mutasaddi shaxsdir.
Bundan tashqari, saroy ishlarini boshqargan.
Yalavoch(yalafar)-xoqonlikdagi elchilar shunday deb atalgan.
Qozi ul-quzzot –xoqonlikdagi sud-tartibot ishlarini boshqarish
qo’lida bo’lgan.
Qozi –joylarda sud ishlari bilan shug’ullangan.
Qoraxoniylar davlatining harbiy san’ati.
Qoraxoniylar davlatida gvardiya boshlig’i devoni muhim roli
o’ynagan. Yusuf Bolasog’uniy “hukmdor o’z mavqeini mustahkamlash
uchun jangchilarni rag’batlantirib turishi lozim” deb bejiz ta’kidlab
67
o’tmagan. Asosiy harbiy lavozimlarni hukmdor xonadon vakillari,
mahalliy hokimlarning vakillari va xizmat muddatini o’tab bo’lgan turk
qullari egallashgan. Yusuf Bolasog’uniy qoraxoniylar qo’shinning
bunday qismlarini cherik yuz, ming deb atagan. Yusuf Bolasog’uniy
qo’shinini “qo’shun” deb, otliq qo’shin va lashkarni-su, erekt va cherik
deb atagan, jang maydonida bevosita jangchilar rahbarlik qiladigan
kichik zobitni-chobush, otliqlar rahbarini-xaylboshi deb nomlangan.
Qurollar va harbiy aslaha-anjomlardan qilich, baldu-oybolta, oq yariq-
sovut, qamchilig’-qamchin va temirqalqon nomlari uchraydi. Yusuf
Bolasog’uniy hukmdorga qo’shinga nisbatan hushyor bo’lishni,
xususan har bir qismda jangchilar miqdorini 4 mingdan oshirmaslikni,
xalqlarni zabt etmoqlik uchun o’ng qo’lda boylik, so’l qo’lda-
diplomatlar va qilich tutmoq zarurligini nasihat qilgan.
Qoraxoniylar bilan qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro ayg’oqchilik
tizimi mavjud bo’lgan. “Qobusnoma” da buvayhiylar vaziri Sohib
Ismoil ibn Abbod tilidan aytilgan aniq faktni bir eslab ko’raylik:
“Mening xabarchimning Qoshg’ardan yozishicha, xoqon falonchi
sipohsolor bilan maslahatlashgan, men esa uni unga nima deganini bila
olmadim… Bugun boshqa xat keldi, u yerdagi ahvol haqida. Mana
shuning uchun men mamnunman”. Sulton Mahmudning ham O’zganda
Nasr ibn Ali davrida shunday xabarchisi bo’lgan.
Qoraxoniylar davrida muntazam armiya tarkibi xoqonni, qal’ani
himoya qiladigan, soqchilik qiluvchi, dushmanni kuzatuvchi kabi
guruhlardan iborat bo’lgan. Qo’shindagi eng kichik birlik o’nlik
tuzilma hisoblangan. Harbiy yurish davrida o’ng qo’l, chap qo’l, o’rta
saf, orqa safga bo’lingan hamda 9 xil tug’ ishlatilgan. O’q-yoy, bolta,
xanjar, qilich turli shakllardagi sovutlardan foydalanilgan. Harbiy
taktikaga, mudofaa inshootlarini barpo etishga va jangchilarni
janggovar ruhda tarbiyalashga katta ahamiyat berilgan.
1
Qoraxoniylar davridagi harbiy san’at haqida ma’lumotlar
nihoyatda oz. Shuning uchun bu xususida bilimimizni biroz bo’lsada
boyitish uchun shu davrda yashagan buyuk allomalar, xususan,
Mahmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Hojib asarlariga murojaat
qilishimizga va ulardan harbiy ishga aloqador bo’lgan joylarni olib,
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.271.
68
sinchiklab o’rganib chiqishimizga to’g’ri keladi. Qoraxoniylar atamasi
xususida M. Qoshg’ariy bunday deydi: “Xoqoniya shohlari qora deb
ataldi. Bug’ra qora xoqon deyilgani kabi”.
Qoraxoniylar qo’shinida askarlarning nomi va ozig’i yozilgan
maxsus daftar bo’lib, uni oy bitigi deyishgan. Bu davrda shahar, qal’a
mudofasiga ham ancha e’tibor berilgan. Qoraxoniylar shahar devorini
qurayotganlarida urush uchun tayyorlangan maxsus burjlar-o’lkaklar
qurganlar. Qo’shinning safar paytida oldinda boradigan qismi yizak deb
nomlangan. Qoraxoniylar qo’shini dushman bilan to’qnashganda
“ulkan cherik” deb nomlangan bir hiylani ishlatgan. Unga ko’ra,
askarlar chor atrofdan to’da-to’da bo’lib to’planishgan. Bir to’da
ilgarilab ketgach, qolganlari ham unga ergashgan. Mana shu hiyla
ishlatilganda yengilish juda kam bo’lgan.
Yog’ochdan yasalgan kamonlar “yatan” deb atalgan.
Kamonchilarga katta e’tibor berilgan. Ularning hunnular davridan
qolgan mashhur hushtakli o’qlar bilan qurollangan bo’lishlari
ehtimoldan holi emas. Chunki kamon o’qining ustiga kiygiziladigan
moslamani “soqim” deb atashgan.
1
Bunda yog’och archa bujuri
shaklida qirqib olinib, ichi o’yiladi va uch tomondan teshib o’qlarning
ustiga kiygiziladi, shunda o’q uchgan vaqtda hushtak chalinadi.
Albatta, bunday hushtakli o’qlar dushman askarlari ko’ngliga g’ulg’ula
solish, ruhiy ta’sir ko’rsatish maqsadida ishlatilgan. Qoraxoniylar
yengil o’q bilan otishni “cho’ram” deb ataganlar. Bunday oddiy bir o’q
otilishidan uzoqroqdir. O’q uzoqroq borishi uchun jangchi uni
chalqancha yotib otgan, bu holda otilgan o’q “cho’ram o’qi” deyilgan.
Mahmud Qoshg’ariy qoraxoniylarning “shovqin-suron bilan
dushman ustiga hujum qilishlari, qalqon va nayza bilan zarba
berilishlari, jangda matonat bilan qattiq olishishlari, sulh so’ralgan
holatda darhol jangni to’xtatishlari haqida yozadi. Qoraxoniylar
raqiblariga duch kelganlarida uni o’rab olishga harakat qilib,
dushmanning qochish yo’llarini kesib qo’yishga harakat qilganlar.
So’ngra otlardan tushib g’azab bilan arslondek nara tortib dushmanga
hamla qilganlar va bu bilan dushman kuchi kesilib, zaiflashishiga
erishganlar. Qo’shin oqar suvga qiyoslangan, shuning uchun “askar
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.272
69
qo’zg’alsa suv yekti” deyilgan. Ehtimol, bu davrda keng tarqalgan
suboshi atamasi qo’shin boshlig’i degan ma’noni bildirishini e’tiborga
olsak, bu nom bejiz berilmagan bo’lsa kerak. Urush harakatlari
bo’lmayotgan davrda qo’shinlar doimiy suratda harbiy mashqlar
o’tkazib turishgan. Xonlar bu vaqtda qo’shin tarkibidagi qullarga ot
berganlar va harbiy mashq tugagach, uni qaytarib olganlar.”
1
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari qoraxoniylar davri
harbiy san’ati haqida birmuncha fikr yuritish imkonini beradi. Asarda
sarkardaning mahorati, qo’shin tuzish, yovga qarshi qo’shin tortish,
jang qilish usullari haqida qiziqarli ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Chunonchi, Yusuf Xos Hojib harbiy ish, qo’shinni tashkil etishda
avvalambor lashkarboshilarni tanlashga katta e’tibor beradi. Ko’plab
ijobiy xislatlarni o’zida jamlagan jasur, uddaburon, tadbirkor
lashkarboshi topish so’ngra qo’shinni yovga qarshi tayyorlash chora-
tadbirlari haqida so’z yuritadi. Uning ta’kidlashicha, qo’shin tuzishda
uning soniga emas, sifatiga e’tibor bermoq lozim. Chunki qo’shin ko’p
sonli bo’lsa bebosh bo’ladi. Sinalgan jangchilardan iborat oz sonli
qo’shin 12 minglik qo’shinni ham pisand qilmaydi. Oz sonli qo’shinni
qurol-aslaha bilan yaxshilab qurollantirmoq lozim.
Qo’shin miqdori 4 ming kishidan oshmasligi kerak. Bu qo’shin
bilan yovga qarshi otlanganda avvalo oldindan ilg’or saf va ayg’oqchi
saf yuboriladi. Umuman olganda asar mazmuni bo’yicha qoraxoniylar
qo’shinining safardagi holati bizningcha, quyidagi ko’rinishga ega
bo’lgan: safar chog’ida bayroqdor-yo’lboshlovchilar o’z rejalarini sir
tutilishiga katta e’tibor berganlar. Qo’shin tabiiy jihatdan qulay
bo’lgan, atrofida o’t-o’lan, suv bo’lgan mustahkam yerda joylashib
qarorgoh qurgan. Uning atrofiga soqchi saflar qo’yilgan. So’ngra
lashkarboshi ilg’or saf bilan yovga yaqinlashgan, bunda til
oldirmaslikka va bu bilan o’zlarining oz sonli ekanliklaridan yovni
xabardor qilib qo’ymaslikka e’tiborlarini qaratishgan. Yaxshilab
o’rganib olgach, so’ngra yov tomonidan til olishga harakat qilingan.
Odatda, bunday vaziyatda yovdan ustun chiqish uchun 2 xil usul
ishlatilgan, ya’ni, birinchidan, yovga nisbatan hiyla-nayrang ishlatish
va ikkinchidan, sog’liq va hushyorlikni qo’ldan bermaslik kerak. Yov
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.275.
70
qo’shini miqdor jihatdan ancha ustun bo’lgudek bo’lsa, u holda jangga
birinchi bo’lib yov tashlanishini kutish yoki yov bilan sulh tuzishga
harakat qilmoq joiz bo’lgan. Bordi-yu, sulh tuzishning imkoni
bo’lmasa, u holda sovutlarni kiyib, qattiq jangga kirishish kerak.
Markaziy Osiyoda mo’g’ullar bosqinigacha bo’lgan davrda “Quyaq”
deb nomlangan sovut ishlatilgan. U yengsiz bo’lib, etagi uzun edi.
Jangchilarning janggovar kiyimboshlarining og’irlashuvi yangi
qo’shin turi-og’ir qurollangan otliqlarning ajralib chiqishi va yangi
hujum taktikasi-zich saf tortgan holda hujum qilish usulining paydo
bo’lganligi bilan bog’liqdir. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkistondan Movarounnahrga X-
XI asrlarda kelgan qoraxoniylar qo’shinida og’ir qurollangan otliq
qo’shin bo’lgan, to’satdan hujum qilish qo’llanilgan.
1
Jang oldidan xon qo’shin safi oldidan o’tib askarlarga in’om
ulashgan, jangchilarni maqtab, ularning ko’nglini ko’targan, bir qism
lashkarni pistirmaga joylashtirgan, so’ngra qolganlarni jangga
boshlagan. Raqibga o’zlarining oz ekanliklarini bildirmaslik maqsadida
yovga juda shiddatli hamla qilib, tezda orqaga qaytishgan. Piyoda
o’qchilar hujumga madad berishgan, qo’shinning oldingi saflarida
janggovar, sinch, yoshi katta bahodir jangchilar jang qilgan. Qo’shinda
tartibni saqlash, parokandalikdan, atrofdan bo’ladigan xavf-xatardan
muhofaza qilish maqsadida oldinga va orqaga ishonchli kishilardan
iborat qism qo’yilgan, o’ng va so’l tomonlarga ham shunday qism
joylashtirilgan. Dushman hujumga tashlangudek bo’lsa, uni uzoq
masofadan turib o’qqa tutishgan, yaqinroq kelganida nayzabozlik
jangiga, ikkinchi tomon aralashib ketgan taqdirda, qo’l jangida qilich
va oybolta bilan jang qilingan. Yov qo’shini orasida sarosimalik,
zaiflik, parokandalik alomatlari paydo bo’lishi bilan butun kuch bilan
uning ustiga tashlanilgan, yov qochsa uni uzoq ta’qib etmaganlar.
Shunisi e’tiborga loyiqki, jangda matonat ko’rsatganlarga
unvonlar berilgan, yaradorlarni davolashgan, asir tushganlarni pul, mol
evaziga qutqarib, qaytarib olishga harakat qilingan. Jangda halok
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.276.
71
bo’lganlarni hurmatlab dafn etib, ulardan qolgan farzdalarining haqi
berilgan.
1
Dostları ilə paylaş: |