215
amallarning turi professional fikrlashning predmeti orqali aniqlanadi. Audit
amaliyotini shuni ko'rsatmoqdaki, oddiy qasddan yondashuvlar (masalan,
taqqoslash va nisbatlar tahlili) murakkab statistik usullarga (masalan, vaqt
qatorlarini modellashtirish yoki regression ) qaraganda ko'proq tez-tez ishlatiladi.
Bu amallar odatda, qoidaga ko’ra, kompyuter- dasturiy ta'minot (masalan
CAAT) yordamida amalga oshiriladi.
■ Trend tahlil qilish
Trend tahlil qilish- joriy davrdagi balans schyotlari yoki munosabatlarning
o'zgarishini tahlilidir. Trend tahlili orqali o'tgan yilgi
balans schyotlarini joriy
tekshirilmagan balansga nisbatan yoki ko’plab boshqa davrdagi qoldiqlarga
nisbatan solishtirish mumkin. Hisob yoki munosabatlar ancha aniqroq bo'lsa, trend
tahlil har qachongidan ko’ra yaxshiroq ishlaydi (masalan, barqaror muhitda ijara
xarajatlari). Audit qilinayotgan korxonada qandaydir sezilarli buxgalteriya yoki
operatsion o’zgarishlar ro’y bergan paytda unchalik ham samarali bo'lmaydi. Trend
tahlilini o'tkazish soni muomalalar barqarorligining bir funksiyasi hisoblanadi.
Uzoq vaqt davomida barqaror muomalalar ko'proq bo’lsa, shunchalik nisbatlar
qiymati aniqroq bo'lishi mumkin. Jamlanma darajadagi
trend tahlili nisbatan
noaniq hisoblanadi (masalan, konsolidatsiyalashgan asosda), chunki jamlanma
schyotlarning balansiga mavjud xatolik odatda kamroq bo’ladi. Trend tahlilining
aniq bo’lishi- ma'lumotlarni qismlarga bo’lib o’rganishdir (masalan, bozor
segmentlari, mahsulot yoki joylashuv, shuningdek, oylik yoki choraklik va yillik
asosda).
■Nisbatlar tahlili
Nisbatlar tahlili moliyaviy hisobotning schyotlari o'rtasidagi munosabatlarni
taqqoslash, schyotlarni nomoliyaviy ma'lumotlar bilan taqqoslash, yoki bir
sohadagi kompaniyalarni taqqoslash bo’lib hisoblanadi. Nisbatlar tahliliga yana bir
misol (ba'zan umumiy hajm tahlili deb ataladi)
bu- schyotlardagi barcha
qoldiqlarni yoki jami summadan aktivlar yoki daromadlar ulushi o'rnatish.
Schyotlar o’rtasidagi munosabatlar yetarlicha aniq bo’lganda likvidlik darajasini
216
tahlilini qo’llash o’rinli bo'ladi (masalan, savdo va debitorlik qarzlari o'rtasidagi
munosabatlar). Nisbatlar tahlili, trend tahlil qilishga nisbatan samaraliroq bo'lishi
mumkin, buxgalteriya balansi va daromadlar to’g’risidagi moliyaviy hisobot
taqqoslanganda, ko'pincha g'ayrioddiy o'zgarishlarni oshkor qilishi mumkin.
Tahliliy amallarda qo’llaniladigan nisbatlar tahlilining besh turi mavjud:
1.mijozlar
va
sanoat
haqidagi
ma'lumotlarni
solishtirishtiruvchi
koeffisiyentlar;
2.o’tgan davr ma'lumotlari bilan mijozning o’xshash ma'lumotlarini
taqqoslovchi koeffisiyentlar;
3. mijoz ma'lumotlarini ma’lum natijalarni kutayotgam mijozlar
ma’lumotlari bilan solishtirish koeffisiyentlar;
4.mijoz ma'lumotlarini ma'lum bir auditor kutayotgan
natijalarni bilan
taqqoslovchi koeffisiyentlar;
5.mijoz ma'lumotlarini nomoliyaviy ma'lumotlardan foydalangan holda
kutilayotgan natijalar bilan taqqoslovchi koeffisiyentlar.
Dostları ilə paylaş: