213
10-BOB. TAHLILIY AMALLAR
10.1.Tahliliy amallarning umumiy holatini tushunish.
Tahliliy amallar boshqa tegishli ma'lumotlarga
zid keluvchi yoki bashorat
qilinayotgan miqdorga mos kelmaydigan,
jumladan, chetga chiqishlar va turli
munosabatlar natijasida yuzaga keluvchi muhim koeffitsiyentlar
va tendentsiyalar
tahlilidan iborat. Boshqa so'z bilan aytganda, tahliliy amallar schyot qoldiqlari yoki
boshqa ma'lumotlarning to’g’riligini aniqlash uchun
foydalaniladigan taqqoslash
va munosabatlar tahlilini talab qiladi. Ushbu amallar auditorga predmetlarga
kengroq nazar tashlash va savolga javob berish imkonini beradi:
Raqamlari
qandaydir ma'noga egami?
Tahliliy amallardan foydalanishning asosiy yetakchiligi ma'lumotlar orasida
to’g’ri munosabatlar borligi va bu munosabatlar tahminga asoslanganligidir.
Tahliliy amallar korxonaning moliyaviy hisobotini o'tgan davr ma'lumotlari bilan
taqqoslashni, byudjetlar va shunga o’xshash soha ma’lumotlari
kabi kutilgan
natijalarni o'z ichiga oladi.
Tahliliy amallar moliyaviy axborotlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash
uchun qo’llaniladi. Bular xodimlar soni va mehnat xarajatlari o'rtasidagi
munosabatlar, subyekt tajribasiga asoslangan
yalpi foyda foizlari, shuningdek,
moliyaviy
va
nomoliyaviy
axborotlar
o’rtasidagi
munosabatlardir.
Tahliliy amallarni qo’llash auditorlik tekshiruvlari xarajatlari nuqtai nazaridan eng
samarali yondashuv hisoblnadi.
Tahliliy amallardan auditor quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
Xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchilklar
sohasini belgilovchi
g’ayrioddiy yoki noto’g’ri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki
mavjud emasligini aniqlash;
Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatini o’rganish;
Korxona moliya-xo’jalik faoliyati uzluksizligining istiqbolini baholash;
Mufassal auditorlik amallari sonini qisqartirish;
214
Mijoz hisobi va hisobotida ko’zda tutiladigan kamchiliklarning o’rnini
aniqlash;
Yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni
ta’minlash.
Auditorga auditni o’tkazishda tahliliy amallarni qo’llash auditni
rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish
orqali auditdagi tavakkalchilik darajasinibelgilash imkoniyatini beradi.
Shu bilan
bir qatorda boshqa auditorlik amallari soni va hajmini qisqartirish, auditorga audit
vaqtida uning asoslangan, e’tiborli
fikrini shakllantirish, qo’shimcha auditorlik
amallarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan
moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: