206
Doimiy fayllar
Ular moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasi bilan yakunlanadi.
Ularning
o’rtasida auditor tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar haqida bilib olish
mumkin bo’lgan ishchi hujjatlar joylashtiriladi.
Doimiy fayl. Doimiy fayllar joriy tadqiqotlar uchun tegishli original yoki
yangilangan ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak. Bunday fayllar yillar o’tgan sari
ham o’z qiymatini yo’qotmaydigan audit haqida qulay ma’lumot manbaidir.
Odatda, doimiy fayllar quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:
•
maqolalar, korporatsiyalar nizomlari, shartnomalar, obligatsiyalar ro’yxati
kabi doimiy qiziqish uyg’otadigan kompaniya hujjatlaridan ko’chirmalar yoki
nusxalar. Qayd qilingan shartnomalar pensiya bitimlari, lizing shartnomalari, ijara
shartnomalari, qimmatli qog’ozlar variantlari va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Ushbu hujjatlarning har biri butun amal qilish muddati
davomida auditor uchun
muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
•
auditor uchun doimiy qiziqish uyg’otuvchi hisoblar bo’yicha o’tgan yillar
uchun tahlil. Shu jumladan, uzoq muddatli debitorlik qarzi, muassislar bilan hisob-
kitoblar, gudvill (huquqni kompaniyaga o’tkazish) va asosiy vositalar. Doimiy
fayllarda shunday ma’lumotlarning mavjudligi auditorga ixtiyorida o’tgan yillarda
olingan natijalar bo’lib, tekshirish jarayonida ulardan istalgan payt foydalanishi
mumkin bo’lgan holda o’z diqqat-e’tiborini faqat joriy yil balansidagi o’zgarishlar
tahliliga qaratishga imkon beradi.
•
Xo’jalik ichki nazorat tizimi va nazorat riskini baholash bilan tanishish
haqida ma’lumotlar.
Bunga tashkiliy sxemalar, hujjat aylanishining blok-
sxemalari, so’rovnomalar, xo’jalik ichki nazorati bo’yicha boshqa ma’lumotlar
kiradi.
•
O’tgan yillarda auditorlik tekshiruvlarining bajarish bo’yicha amalga
oshirilayotgan analitik usullar natijalari. Ular orasida – tanlangan hisob uchun
munosabatlar va auditor tomonidan hisoblangan foizlar, shuningdek, umumiy yoki
oylik aylanmalar balansi.
Bu axborot foydali, chunki u auditorga ushbu hisob
207
bo’yicha keng tekshirishlar o’tkazish zaruratini yuzaga keltiruvchi joriy yil uchun
qandaydir g’ayrioddiy o’zgarishlar mavjudligini aniqlashga yordam beradi.
Analitik amallar va xo’jalik ichki tizimining tavsifi hamda u bilan bog’liq nazorat
riski doimiy fayllarga emas, balki joriy davr uchun ishchi hujjatlarga
joylashtiriladi. Ko’plab auditorlik firmalari shunday yo’l tutadi.
Joriy fayllar
. Joriy fayllar audit o’tkazilgan yil bilan bog’liq
barcha ishchi
hujjatlarni o’z ichiga oladi. Unda mijoz haqida ma’lumotlar keltirilgan doimiy
fayllarning bitta to’plami va har yillik audit uchun bittadan joriy fayllar to’plami
mavjud bo’ladi. Quyida biz joriy fayllarga qanday turdagi ma’lumotlar kiritilishini
qisqacha ko’rib chiqamiz. Audit dasturi. Odatda, auditning barcha segmentlarini
muvofiqlashtirish va integratsiyani yaxshilash maqsadida audit dasturi alohida
faylga kiritiladi.
Lekin ayrim auditorlik firmalari bu erga
dasturdagi auditning ushbu
bo’limiga bag’ishlangan qismi nusxasini ham kiritadi. Audit o’tkazishda har bir
auditor bajarilgan amallarni va ularni tugash sanasini dasturda qayd qiladi. Ishchi
hujjatlarga yaxshi rejalashtirilgan va vijdonan bajarilgan audit dasturining
kiritilishi audit yuqori sifatli amalga oshirilganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: