A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 4. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalangan xulosa



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189
АУдит дарслик

12. 4. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalangan xulosa 
705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikrning uch shakli, xususan, 
qo’shimcha izohlar bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish 
belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash 
quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
(a) 
Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya’ni 
moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bor-yo’qligiga yoki, etarlicha 
tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin bo’lmagan holda, moliyaviy 
hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bo’lishi mumkinligi yoki mumkin 
emasligiga; va 
(b) 
Mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta’siri keng qamrovliligi 
yoki uning ta’sir ko’rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga 
Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar 
bo’yicha modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat: 


265 

Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda 
muhim buzib ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa;

Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar 
mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa. 
Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim: 

Etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib 
ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun 
muhim hisoblanadi, lekin ular keng qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa;

Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib 
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin 
bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin 
emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa. 
 
Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib 
ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham 
muhim, ham keng qamrovli hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr 
bildirishi lozim. 
Fikr bildirishdan bosh tortish
Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib 
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin 
bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkin, degan xulosaga 
kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, agar auditor (ko’p 
sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir 
jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining 


266 
potentsial o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir 
ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish 
mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, fikr bildirishdan bosh tortishi 
lozim. 
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati 
tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini 
olish mumkin emasligi oqibatlari 
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti 
rahbariyati audit ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular 
auditor fikriga ko’ra, moliyaviy hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr 
bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo’lsa, auditor 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib 
tashlashdan bosh tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning 
barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni 
istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga 
muvofiq xabardor qilishi
5
va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun 
muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi 
lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega 
bo’lmasa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin