Ernest & Young San – Xose, Koliforniya Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit
ekspertizasini o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi. Bu band
shunchalik muhimki, auditorlik xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan
“auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat tekshiruv natijasidagi
faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional mulohazalarga
asoslanganligini ko’rsatadi.
AQShdagi Wm.Wringley Jr.Company uchun modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobotga javobgarlik bo’yicha rahbariyatning xati Wm.Wringley Jr.Company aktsiyadorlari va direktorlar kengashiga Mustaqil auditorlar xulosasi Biz Wm.Wringley Jr.Company va uning tarkibidagi kompaniyalarning (keyingi o’rinlarda “Kompaniyalar”) 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar holati bo’yicha taqdim qilingan konsalidatsiyalashgan buxgalteriya balansi, xususiy
263
kapital, pul oqimlari, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni yuqorida keltirilgan davr uchun ko’rib o’tdik. Moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv asosida berilagan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi haqida haqqoniy fikr bildirishdir. Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar moliyaviy holatining hamma muhim tomonlari bo’yicha, shuningdek, ularning 31 dekabr 2003 yilda tugaydigan davr uchun faoliyatining natijasi va pul mablag’larining harakati hisobotlarda Amerika Qo’shma Shtatlarida umum qabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga mos holda ishonchli aks ettirilgan. Ernst and Young LLP Chikago, Illinoys 21 yanvar 2004