Salbiy fikr bildirish uchun asos
X ilovada bayon etilganidek, Kompaniya o’zi 20X3 yilda sotib olgan XYZ
shu’ba
kompaniyasining
moliyaviy
hisobotlarini
jamlamagan
(konsolidatsiyalamagan), chunki u shu’ba kompaniyaning sotib olish sanasidagi
muayyan muhim aktivlari va majburiyatlarining haqqoniy qiymatini aniqlash
imkoniyatiga ega bo’lmagan. Shu sababli ushbu investitsiya tannarx bo’yicha
hisobga olingan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq shu’ba
276
kompaniyasi jamlanishi (konsolidatsiyalanishi) lozim, chunki u Kompaniya
tomonidan nazorat qilinadi. Agar XYZ shu’ba kompaniyasi jamlangan
(konsolidatsiyalangan) bo’lganida, ilova qilinayotgan moliyaviy hisobotlarning
ko’pgina elementlariga muhim darajada ta’sir ko’rsatilgan bo’lar edi. Jamlanmagan
(konsolidatsiyalanmagan)
shu’ba
kompaniyasining
jamlangan
(konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarga ta’siri aniqlangani yo’q.
Salbiy fikr
Bizning fikrimizcha, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalanayotgan
paragrafda tavsiflangan jihat ahamiyatga molik bo’lgani bois, jamlangan
(konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlar AVS kompaniyasining 20X3 yil 31
dekabrga bo’lgan moliyaviy holatini, ko’rsatilgan sanada tugagan yil mobaynida
uning moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy aks ettirmaydi (yoki
haqqoniy va to’g’ri tasavvurni bermaydi
).
Auditorning imzosi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi
Auditorning manzili
Nazorat uchun savollar:
1.
Auditorlik hisoboti qanday tuziladi?
2.
Auditorlik hisobotining kirish qismida nimalar aks ettiriladi?
3.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismida nimalar aks ettiriladi?
4.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida nimalar aks ettiriladi?.
5.
Auditorlik xulosasining tuzilishi ketma-ketligi qanday?
6.
Auditorlik xulosalarining qanday turlari mavjud?
7.
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish deganda nima tushuniladi?
|