275
iborat. Biz auditni Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazdik. Mazkur
standartlar bizga axloqiy talablarni bajarish, shuningdek auditni jamlangan
(konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud
emasligiga oqilona ishonch bildirishni ta’minlaydigan tarzda rejalashtirish va
o’tkazish majburiyatini yuklaydi.
Audit jamlangan (konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan summalar va ochib beriladigan ma’lumotlar bo’yicha auditorlik
dalillarini olish uchun tartib-taomillarni bajarishni o’z ichiga oladi. Tanlangan
tartib-taomillar auditorning mulohazasiga, shu jumladan firibgarlik yoki xato
tufayli jamlangan (konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarda yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan muhim buzib ko’rsatishlar risklariga berilgan bahoga bog’liqdir.
Bunday risklarni baholashda, tadbirkorlik sub’ekti ichki nazorat tizimining
samaradorligi to’g’risida fikr bildirish maqsadida emas, balki vaziyatga mos
keladigan auditorlik tartib-taomillarini ishlab chiqish maqsadida, auditor
tadbirkorlik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini tayyorlashi va haqqoniy taqdim
etishi bilan bog’liq bo’lgan ichki nazorat tizimini ko’rib chiqadi. Audit o’tkazish
qo’llanilayotgan hisob siyosatining maqbulligini va tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyati tomonidan hisoblab chiqilgan baholarning asosliligini baholashni,
shuningdek jamlangan (konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarning umumiy
ifodalanishini baholashni ham o’z ichiga oladi.
Biz o’zimiz olgan auditorlik dalillari o’z auditorlik fikrimizni bildirishda
asos sifatida tayanish uchun etarlicha tegishli dalillardir deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: