271
auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan
iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda
tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni
ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega
bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga
misollar
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi
tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga
ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti
(xulosasi).
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha
tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida
etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).
Masalan,
MUSTAQIL AUDITOR HISOBOTI (XULOSASI)
[Tegishli adresat]
Dostları ilə paylaş: