272
va zararlar to’g’risida hisobotdan, xususiy kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risida
hisobotdan, pul oqimlari to’g’risida hisobotdan, shuningdek hisob siyosati
ahamiyatli qoidalarining qisqacha tavsifi va boshqa izohlovchi ma’lumotlardan
iborat bo’lgan ilova qilinayotgan moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazdik.
Kompaniya rahbariyatining moliyaviy hisobotlar uchun javobgarligi
Kompaniya
rahbariyati
mazkur
moliyaviy
hisobotlarni
Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va haqqoniy taqdim etish,
shuningdek Kompaniya rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan
muhim buzib ko’rsatishlardan xoli moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur
deb hisoblaydigan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’ladi.
Auditorning javobgarligi
Bizning javobgarligimiz mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zimiz
o’tkazgan audit asosida fikr bildirishdan iborat. Biz
auditni Auditning Xalqaro
Standartlariga muvofiq o’tkazdik. Mazkur standartlar bizga axloqiy talablarni
bajarish, shuningdek auditni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar
mavjud emasligiga oqilona ishonch bildirishni ta’minlaydigan tarzda rejalashtirish
va o’tkazish majburiyatini yuklaydi.
Audit moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan summalar va ochib beriladigan
ma’lumotlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish uchun tartib-taomillarni bajarishni
o’z ichiga oladi. Tanlangan tartib-taomillar auditorning mulohazasiga, shu
jumladan firibgarlik yoki xato tufayli moliyaviy
hisobotlarda yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan muhim buzib ko’rsatishlar risklariga berilgan bahoga bog’liqdir.
Bunday risklarni baholashda, tadbirkorlik sub’ekti ichki nazorat tizimining
samaradorligi to’g’risida fikr bildirish maqsadida emas,
balki vaziyatga mos
keladigan auditorlik tartib-taomillarini ishlab chiqish maqsadida, auditor
tadbirkorlik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini tayyorlashi va haqqoniy taqdim
etishi bilan bog’liq bo’lgan ichki nazorat tizimini ko’rib chiqadi. Audit o’tkazish
qo’llanilayotgan hisob siyosatining maqbulligini va tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyati tomonidan hisoblab chiqilgan baholarning
asosliligini baholashni,
273
shuningdek moliyaviy hisobotlarning umumiy ifodalanishini baholashni ham o’z
ichiga oladi.
Biz o’zimiz olgan auditorlik dalillari o’z auditorlik fikrimizni qo’shimcha
izohlar bilan bildirishda asos sifatida tayanish uchun etarlicha tegishli dalillardir
deb hisoblaymiz.
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos
Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida
xxx miqdorida aks ettirilgan. Kompaniya rahbariyati tovar-moddiy zaxiralarni
ularning tannarxi va sof sotish qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks
ettirmagan, biroq ularni faqat tannarx bo’yicha aks ettirganki,
bu Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlaridan chetga chiqish hisoblanadi. Kompaniya
yozuvlariga ko’ra, agar rahbariyat tovar-moddiy zaxiralarni tannarx va sof sotish
qiymati ikkalasidan eng kichigi bo’yicha aks ettirganda,
tovar-moddiy
zaxiralarning sof sotish qiymati bo’yicha aks ettirish uchun tovar-moddiy zaxiralar
qiymatini xxx summaga pasaytirish talab etilgan bo’lar edi. Binobarin, sotuvlar
tannarxi xxx ga ko’paygan, foyda solig’i, sof foyda va aktsiyadorlik kapitali
tegishli ravishda xxx, xxx va xxx ga kamaygan bo’lar edi.
Qo’shimcha izohlar bilan fikr
Bizning
fikrimizcha, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos
ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihatning ta’sirini istisno etganda,
moliyaviy hisobotlar AVS kompaniyasining 20X3 yil 31 dekabrgacha bo’lgan
moliyaviy holatini, ko’rsatilgan sanada tugagan yil
mobaynida uning moliyaviy
natijalarini va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy aks ettiradi (yoki
haqqoniy va to’g’ri
tasavvur beradi
).
Auditorning imzosi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi
Auditorning manzili
Dostları ilə paylaş: