A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   189
АУдит дарслик

13.3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, 
schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish

Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan 
maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va 
foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan 
iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: 
*
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va 
qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning 
debet oborotlari bilan taqqoslash;
 
*
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan 
mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
 
*
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati 
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
 
*
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini 
aniqlash;
 
*
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan 
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini. 
 
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni boshlashda 
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi 
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.


285 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) 
dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo’yicha 
kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa 
sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tartibida puli to’lanib sotib 
olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), 
asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan 
asosiy vositalar qo’shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning 
krediti) va h. k.
So’ngra ko’rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks 
ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob’ektlarini hisobga olish bo’yicha 
muomalalarni aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining tegishli me’yoriy hujjatlarida 
belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun 
bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-
schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular 
qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan 
foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan 
mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga 
qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 
sentyabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan 
iborat bo’lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o’zaro bir - biriga 
o’tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha daromad deb 
hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig’i bazasiga 
qo’shilib, soliqqa tortilmaydi.


286 
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy 
vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni 
inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini 
ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 
0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri 
tuzilganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Puli to’lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan 
asosiy vositalar bo’yicha korxona bir vaqtning o’zida kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, 
o’tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor 
korxonada 
sotib 
olingan 
avtomobillarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan 
soliqning aniq hisoblanganligi va o’z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini, 
to’langan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga 
qo’shilganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg’otsa, ushbu 
muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda 
tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o’tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to’langan 
soliq to’g’risida soliq nazoratiga o’z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch 
hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari 
uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma 
ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari 
ko’rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi 
bo’yicha tegishli bo’lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa 
mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda 
byudjetga daromad solig’i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga 
to’lanishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lash uchun bankdan xo’jalik 


287 
kassasiga pul olinganligi va kassadan o’z vaqtida va to’liq berilganligi ham 
tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy 
yashash joyini ko’rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi 
haqida soliq inspektsiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor 
sifatida ro’yxatga olingan bo’lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib 
olinganda daromad solig’i ushlanmaydi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin