301
soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), hamda tayyorlov-
transport, xizmat ko’rsatish va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan
boshqa xarajatlar. Savdo diskontlari, chegirmalar va shunga o’xshash summalar
tovar - moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlarini aniqlashda chegirib tashlanadi.
1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida yoxud 1000 (1010-1090) –
«Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da aniqlanib, hisobdan o’chirilgan
transport-tayyorlov sarflari yoki hisob baholaridan chetga chiqishlarni tekshirishda
transport tashkiloti yoki vositachi tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot,
tovar-moddiy zahiralar kirim qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga
e’tibor qaratilishi kerak. Bunday holda transport sarflari materiallarni kirim
qilishda ularning haqiqiy tannarxiga qo’shilishi mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan
sarflari, uning hisob siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan
materiallar tannarxiga qo’shilishi mumkin. Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining
oxirida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: