302
bo’yicha hamda iste’mol xossalariga ko’ra (navi, markasi, konditsiyasi va hokazo)
yuritilishini; Moddiy boyliklarning iste’mol xossalariga
qarab ularning har biriga
nomenklatura raqamlari berilganligi va ularning dastlabki hujjatlarda hamda
omborxona hisobida ko’rsatilishini tekshirishi lozim.
Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa,
ushbu baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi
farqlarni tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit
ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar
yil davomida har xil baholarda
sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish
zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga
solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni hisobdan
o’chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil
bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.
№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga
xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog’ida
ishlab chiqarish zahiralarini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya
qilinadi:
1.
O’rtacha tannarxi bo’yicha (AVECO);
2.
Birinchi xarid qilingan tannarx bo’yicha (FIFO);
Auditor zahiralarning muayyan turiga nisbatan tanlangan usulning yil
davomida o’zgartirilmasdan qo’llanilganligiga
ishonch hosil qilishi, ularni
qo’llashning to’g’riligi, hamda asoslanganligi va boshqaruv uchun foydaliligini
tekshirishi lozim.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni baholashning
FIFO (FIFO) metodi belgilangan bo’lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo’lgan
zahiralar qoldig’ining tannarxini hisobga olgan holda,
birinchi sotib olingan
303
zahiralar bahosida ishlab chiqarishga sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy
boyliklarning qoldiqlari so’ngi sotib olingan, ya’ni qimmatroq xarid baholari
bo’yicha ko’rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o’rtacha tannarx (AVECO usuli) bo’yicha baholansa, auditor
zahiralarning qaysidir bir partiyasini baholashning to’g’riligini, ya’ni o’rtacha
bahoning to’g’ri hisob-kitob qilinganligini aniqlashi uchun bir necha dastlabki
kirim hujjatlarini tekshirishi zarur.
Moddiy
boyliklar
qiymati
ishlab
chiqarish
sarflariga
hisobdan
o’chirilishining to’g’riligini auditor quyidagi tovar balansi formulasi bo’yicha
tekshirishi mumkin:
S
mq
q Y
b
Q K
mb
- Y
o
S
mq
- hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati;
Y
b
, Y
o
- ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridagi
yil boshi va oxiriga
bo’lgan moddiy boyliklar qoldig’ining qiymati (balans va bosh daftar ma’lumotlari
asosida);
K
mb
- hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090
schyotlarning debet oborotlari).
Materiallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda, tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari sun’iy
ravishda ko’payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda
(daromad) kamayadi. Shuningdek, foyda (daromad) solig’i bo’yicha soliqqa
tortiladigan baza ham kamayadi ya’ni sun’iy ravishda soliq yashiriladi.
Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar
bo’lsa, yoki ular qisman o’z sifatini yo’qotgan yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa,
bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo’yicha emas, balki sotish mumkin
bo’lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki
tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo’lsa,
bahodagi farqlar moliyaviy
natijalarga olib boriladi.
304
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini
tekshirish uchun auditor texnologik jarayonlarning xususiyatlari, hamda moddiy
boyliklarni ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi
lozim. Chunki, ushbu tartib buzilganida ko’plab kamchiliklar va hatto suyiste’mol
qilishlar yuzaga keladi.
Moddiy boyliklarning
ishlab chiqarishga berilishi, dastlabki va yig’ma
chiqim hujjatlari asosida tuziladigan, materiallar sarflanishi hisobga olinadigan
yig’ma vedomost bo’yicha tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: