Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv xodimlari tomonidan tasdiqlanishi Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman: 1. Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib chiqdim; 2. Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar yo’q va ushbu hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni chalg’itmaydi. 3. O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy hisobotlar va undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona moliyaviy holatini, operatsiyalar natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi; 4. Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi (yoki vazifa jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar) bizning ichki nazoratga bergan baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlarni oldilar; 5. (A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida aniqlangan, ehtimoli ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov berish, umumlashtirish va ochib berish jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va ichki nazoratning zaif joylari. 6. (B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar. Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld ------------- imzo Endro Guld Rais va bosh ijrochi direktor