113
moliyaviy hisobot elementlari (masalan, aktivlar, majburiyatlar,
kapital, daromadlar, xarajatlar);
muayyan
tadbirkorlik
sub’ekti
moliyaviy
hisobotlaridan
foydalanuvchining asosiy e’tibori qaratilgan moddalar bormi (masalan,
faoliyatning moliyaviy natijalarini baholash maqsadida foydalanuvchilar foyda,
daromad, yoki sof aktivlarga alohida e’tiborni qaratishlari mumkin);
agar tadbirkorlik sub’ektining faoliyat (hayot) tsikli tugallanmagan
bo’lsa, tadbirkorlik sub’ektining xususiyati, shuningdek u ishlayotgan soha va
iqtisodiy muhit;
tadbirkorlik sub’ekti mulkining tarkibiy tuzilishi va uni
moliyalashtirish usuli (masalan, tadbirkorlik sub’ekti o’z kapitali hisobidan emas,
balki faqat qarzga olingan kapital hisobidan moliyalashtirilsa, foydalanuvchilar
asosiy e’tiborni tadbirkorlik sub’ektining daromadiga emas, balki aktivlari va
ularga bo’lgan da’volarga qaratishlari mumkin)
.
Ideal holatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislari va auditorlar
tomonidan balans, daromad va xarajat moddalari bo’yicha “muhimlik nuqtasi”
(chegarasi) bir xil qiymatni tashkil etishi kerak, lekin amaliyotda bunday emas.
MHXSlari asosida tayyorlanayotgan hisobotga nisbatan sub’ektning o’zi muhimlik
chegarasini qat’iyroq belgilash lozimligini auditorlar e’tirof etishadi. Masalan,
auditorlik tekshiruvida moliyaviy hisobot uchun muhimlik darajasi 10 mln. so’m
etib etib belgilansa, tekshirilayotgan sub’ekt MHXS asosida shakllantirgan
moliyaviy hisoboti uchun 1 mln. so’m atrofida belgilagan bo’lishi lozim. Bu
sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato va
kamchiliklarni kamaytirshga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: