114
Audits Group Financial Statements) auditning xalqaro standartlarida “ko’p
kompanentli” tuzilmaga ega bo’lgan sub’ektlarda muhimlik darjasini aniqlashning
qo’yidagi qoidalari keltirlgan:
1) bo’limlar,
filiallar, sho’’balar uchun muhimlik darajasi umumiy guruh
uchun aniqlangan muhimlik darajasidan past bo’lishi lozim;
2) har bir komponent uchun alohida
muhimlik darajasi belgilanadi;
3) komponent uchun belgilangan muhimlik darajasi “umumguruh” bo’yicha
muhimlik darajasiga to’g’ridan to’g’ri bog’lanmagan, boshqacha qilib aytganda
barcha komponentlar bo’yicha muhimlik darajalarining yig’indisi guruh bo’yicha
aniqlangan muhimlik darajasidan yuqori bo’lishi mumkin.
Auditning xalqaro standartlarida “komponent” atamasiga –
guruh yoki
komponentning rahbariyati tomonidan guruh moliyaviy hisobotlari tarkibiga
kiritilishi lozim bo’lgan moliyaviy ma’lumotlar tayyorlanadigan
tadbirkorlik
sub’ekti yoki biznes faoliyatidir deb ta’rif keltirilgan. Komponent rahbariyati –
Komponentning moliyaviy ma’lumotlarini tayyorlashga javobgar boshqaruv.
Yuqorida keltirlgan mulohazalarni misollarda ko’rib chiqamiz.
Hajmi jihatdan bir biriga teng bo’lgan 5 ta sho’’ba korxonalar guruhi MHXS
bo’yicha hisobot tayyorlashadi. Guruhlar bo’yicha balans jami summasi 100 mln.
so’mni tashkil etgpn. Umumiy guruh uchun muhimlik darajasi 5 mln. so’m (balans
jami summasining 5% i) qilib belgilangan. Bu yerda shuni e’tiborga olish lozimki,
komponentlar miqyosida muhimlik darajasini belgilashda cheklovlar mavjud:
-
kompanent bo’yicha muhimlik darajasi 1 mln. so’mdan kam
belgilanmasligi shart, aks holda umumguruh uchun belgilangan muhimlik
darajasiga etmasligi mumkin. Masalan, komponent bo’yicha
muhimlik darajasini
800 ming so’m miqdorida belgilasak, unda komponentlar bo’yicha jami muhimlik
darajasi 4 mln. so’mni tashkil etadi, bu esa biz
yuqorida umumguruh uchun
belgilangan muhimlik darajasidan (5 mln. so’m) kamdir;
-
komponent bo’yicha muhimlik darajasining maksimal chegarasi 5
mln. so’mdan ortiq bo’lishi mumkin emas.
115
Birinchi holat konservativ yondashuv hisoblanib zarur bo’lmagan
“kichik(ahamiyatsiz)” tuzatishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ikkinchi holat
agressiv yondashuv bunda hisobot tayyorlanishi jarayonida muhim yo’l qo’yilgan
xatoliklar tuzatilmasdan qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: