133
ish bajarilayotgan joydan sotib oladi. Bitimga qurilish vakilari imzo qo’yyadi va
to’lovni amalga oshirish uchun u buxgalteriyaga yuboriladi.
Firibgarlik uchburchagi mazkur holatda qanday ishlashini ko’rib chiqamiz.
Firibgarlikning mohiyati shundan iboratki, buxgalter sohta ta’minot uchun qalbaki
xujjat tayyorlaydi. To’lovni amalga oshirish
maqsadida hisob yozuvini,
kvitantsiyani va xaridga buyurtma tayyorlaydi.
Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud
bo’lgan? Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu
muammolar qarib qolgan ota-onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan
xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat bo’lgan.
Ikkinchidan, yangi
prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki imkoniyat bu
uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab
bo’lgan. Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha
daromad olish va u
xech qachon fosh etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu
firibgarlik keyincha yanada foyda keltirish mumkinligi to’g’risida o’ylagan. Bu
ishning boshqa bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi prezident barcha
vitse-prezidentlarni takdim qilgandan so’ng superrvizorlar
yangi pikaplarga ega
bo’lgan. Buxgalter esa bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi.
Buxgalterning fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar
olayotgan puldan uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti-
xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar
firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri (
tibbiy muxtojlik, nazoratning
ichki vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash) bo’lmaganda
edi, uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi.
Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib
chiqqayotganda –aktivlarni noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab
noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish
boshlashi lozim.
Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim.
134
Auditorlik guruh har bir tadbir bo’yicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat
yoki bosimni , shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy
sohalarni ham ko’rib chiqishi lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi:
kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi;
har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan
balans uchun boshqa
moliyaviy bosimlar;
qarz shartnomalari;
aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha;
moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki
kompaniya faoliyatining davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik;
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi:
jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar;
shaxsiy daromad imkon bermagan farovon
hayot kechirish uchun oila,
do’stlar tomonidan ko’rsatilgan bosim;
Qimor o’yinlarga va norkotiklarga moyillik.
Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati
firibgarlik tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi
firibgarlikni sodir etish mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida
ko’p ma’nolarni bildiradi.
Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish
uchun imkoniyat borligini, balki
nazorat yo’qligini yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va
bunday holatda jinoyatchi qo’lga tushish imkonniyati past ekanligini bildiradi.
Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish
imkoniyatlari quyidagilarni kamrab oladi:
Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish;
Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat
va shartlarni qo’yish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi.
Bu holat shaxslarga firibgarlik operatsiyalarni amalga oshirish uchun imkon beradi
evi bermaydi;
135
Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi.
Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma.
Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari.
Dostları ilə paylaş: