126
Aniqlanmaslik riskini
mohiyati shundan iboratki, auditor tomonidan
auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonda muhim xato va kamchiliklarni aniqlay
olmaslik ehtimolidir. Aniqlanmaslik riski auditorlik tekshiruvida bajaradigan ishlar
ko’lami, tanlash ko’lamiga, sarflanadigan mehnat sarfi umuman auditorlik xizmati
xaqi miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Risklarni baholashda ikki xil yondashuv mavjud: moddalar bo’yicha
baholash va jarayonlar bo’yicha baholash.
Moddalar bo’yicha auditorlik riskini moliyaviy
hisobot uchun umumiy
yoki uning alohida moddalari bo’yicha aniqlanadi va baholanadi.
Auditorlik riskini baholashning jarayonli yondashuvi auditorlik
tekshiruvidan o’tayotgan sub’ektning biznes-jarayonlarini o’rganish asosida
amalga oshiriladi (tahlil yo’nalishi jarayonlardan-hisobotga qarab).
Yuqoridagi yondashuvlardan qay birini tanlash auditorni o’zi mustaqil
belgilaydi. Lekin bu ikkita yondashuv turli
mehnat sarfini talab etadi, ya’ni
jarayonli yondashuv ko’p mehnat sarfini talab etganligi bois moddalar bo’yicha
yondashuvdan keng foydalaniladi.
Auditorlik tekshiruvida risklarni baholash orqali o’zining javobgarligini
belgilab olar ekan,
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz
mumkinki, auditor butun faoliyatini
moliyaviy hisobotning etarli ishonchliligini ta’minlash bilan bir qatorda auditorlik
riskini maqbul chegaragacha pasaytirishga qaratadi.
Dostları ilə paylaş: