122
2.
Ichki xo’jalik riski
Ichki nazorat tizimi vositalari yordamida mijoz kompaniyaning
xususiyati va uning faoliyat yuritish muhitiga taalluqli risklarni
aniqlash imkoni yo’qligi.
3.
Nazorat riski
Ichik nazorat tizimi tomonidan muhim xatoliklarni aniqlay va
tasdiqlay olmaslik xavfi.
4.
Aniqlanmaslik riski
Auditor tomonidan qo’llanilgan amallar va moliyaviy hisobotning
tahlili undagi muhim xatoliklarni aniqlanmaslik xavfi.
5.
Tanlash riski
Xo’jalik operatsiyalarini tanlash asosida o’tkazilgan tekshiruv
ulardagi muhim xatoliklarni aks ettirilmasligi riski.
6.
Tadbirkorlik riski
Mijoz-korxona va boshqa shaxslar tomonidan auditorlik tekshiruvi
bo’yicha e’tirozlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
moliyaviy yo’qotishlar xavfi.
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirgan holda aytadigan bo’lsak, auditor
xo’jalik faoliyatidagi xato va kamchiliklarni to’liq aniqlay olmaydi.
Bu holatni,
bizning fikrimizcha, auditorlik tekshiruvidan ajratib bo’lmaydigan cheklovlarning
mavjudligi bilan izohlashimiz mumkin(9-chizma).
Auditda riskni paydo bo’lish shartlari.
Ushbu cheklovlardan xalos bo’la olmaslik auditorlik teshiruvida auditor
tomonidan moliyaviy hisobotdagi muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmasligi
natijasida auditorlik riskini nol darajaga tushirish imkoni yo’qligi bilan ifodalanadi.
123
Birinchidan, auditor moliviy hisobotdagi muhim buzib ko’rsatishlar mavjud
emasligini etarli ishonch bilan ta’kidlaydi, mutloq ishonch bilan emas. Ushbu
cheklovning yuzaga kelishi asosiy sabablari:
-
auditorlik tekshiruvida testlash va tanlash amallarini qo’llanilishi;
-
mijoz-korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mukammal
emasligi, ya’ni korxona faoliyatida xato va kamchiliklar yo’qligini kafolatlay
olmaydi.
Ikkinchidan, mijoz-korxona faoliyat yuritish muhitidagi noaniqliklar (tashqi
muhit). Bu noaniqliklar va ularni bartaraf eta olmaslikka quyidagi holatlar ta’sir
o’tkazadi:
-
tekshirilayotgan sub’ekt faoliyat yuritayotgan muhit bo’yicha to’liq va
ishonchli ma’lumotlarni cheklanganligi;
-
etkazib berilayotgan ma’lumotlarni auditor
tomonidan qayta ishlash va
baholash ko’nikmasining cheklanganligi;
-
tekshirilayotgan sub’ekt tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy
holatlarning tasodifiy paydo bo’lishi;
-
mijoz-korxona ichidagi xar xil toifadagi ziddiyatlar.
Uchinchidan, auditorlik riskini aniqlash va baholash auditorning bilim
darajasi, malaka va ko’nikmasi asosida shakllanadigan professional muloxazasi
natijasidir.bunda asosiy muammo auditorlarning bilim
saviyasi va malaka hamda
ko’nikmalarining turli darajadaligi auditorlik riskini aniqlash va baholashda turli
yondoshuvlarga olib kelishidadir.
To’rtinchidan, auditorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyatidir, ya’ni uning
faoliyati foyda olishga qaratilganligidadir. Auditorlik
tashkiloti mijoz-korxona
munosabatlarida kelishmovchiliklarni yuzaga kelishi oqibatida uni yo’qotishi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek auditorlik riski va uning komponentlarini
baholash bo’yicha yagona metodika mavjud emas. Buning asosiy sababi
auditorlarning xo’jalik faoliyati bo’yicha professional mulohazalarining
turlichaligi, mijoz faoliyati xususiyatlarining
takrorlanmasligi, hisob va
124
ma’lumotlarni taqdim etish tartib qoidalarining o’ziga xos xususiyatlarining
mavjudligidadir. Shular qatori auditorlik riski va uning komponentlarini aniqlash
va baholash bo’yicha auditning xalqaro standartlarida aniq tavsiyalar keltirilmagan.
Auditorlik riskini miqdor va sifat ko’rsatkichlarida ifodalash mumkin.
Auditorlik riskini baholashning empirik, ehtimoliy, balli to’g’ri(multiplikativ), egri
modellari mavjud.
Empirik modeldan
foydalanilganda yuqori, o’rta, quyi darajada risklar
baholanadi. Agar moliyaviy hisobot uchun umumiy buzib ko’rsatish ehtimoli
mavjud bo’lsa aniqlangan risk yuqori deb baholanadi. Agar schetlardagi qoldiqlar,
ma’lumotlarni ochib berishda muhim buzib ko’rsatish ehtimoli mavjud bo’lsa
aniqlangan risk o’rtacha deb baholanadi. Agar aniqlangan risk boshqa turdagi
muhim buzib ko’rsatishlarga olib kelsa, uni quyi darajada deb baholash mumkin.
Auditorlik riskini baholashning ehtimoliy
modelida risk darajalarini
koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Riskni baholashning ball modelida sifat xususiyatlar miqdor ko’rsatkichlar
bilan ifodalanadi. Masalan, auditorlik riskining quyi darajasi – 1 ball, o’rta darajasi
– 3 ball, yuqori darajasi – 5 ball qilib
belgilash mumkin.
Auditorlik riski
Ichki xo’jalik riski
Nazorat riski
Aniqlanmaslik risk
Empirik
Risk darajasi: yuqori, o’rta, quyi
Ehtimoliy
Risk darajasi: [0;1] va [0;100%]
Balli
Yuqori – 5 ball
O’rta – 3 ball
Quyi – 1 ball
To’g’ri (multiplikativ)
UAR=IXR*NR*AR
T
u
rlar
i
Ba
h
o
lash
m
o
d
eli
His
o
b
lash
m
o
d
eli