148
8-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT
TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH
8.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda tashqi auditorlar uchun ichki
nazortning ahamiyati
Ichki nazorat yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxonaning o’z oldiga
qo’ygan maqsadlariga rahna soluvchi risklarni ta’sirini
kamatirishga yordam
beradi. Bunda korxonaning bosh maqsadlari bo’lgan yuqori foyda olishga erishish,
amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning samaradorligini ta’minlash, yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki yuqori sifatli xizmat ko’rsatish,
barcha
hukumat va belgilangan qonun-qoidalarga va talablarga bo’ysunish hamda barcha
tashqi va ichki ma’lumot oluvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ish
beruvchilar
va ishchilar, qisqacha qilib aytganda faoliyatni ijtimoiy-huquqiy
tartiblar asosida olib borish tushiniladi. Vaholangki, tashqi auditor odatda yuqorida
qayd qilingan korxonaning o’z oldiga qo’ygan amalga oshirishi rejalashtirilgan va
lozim bo’lgan maqsadlaridan tashqari moliyaviy hisobotga alohida e’tibor
qaratadi.Chunki korxona ishonchli moliyaviy axborot olishda ham ba’zi xafv-
xatarga duch kelishi mumkin. Masalan, sotuvchilar mukofotlarga sazovor bo’lish
uchun sotish hajmini sun’iy ravishda oshirib ko’rsatishi mumkin yoki bo’lmasa
inventarlar hisobini yurituvchi xodimlar ish jarayonida chalg’ishlar
natijasida
inventarlarning hisob-kitobini o’z vaqtida yuritmasdan xatoga yo’l qoyishlari
mumkin. Buning oqibatida menejment bo’limi
moddiy va nomoddiy aktivlar
hisobini yuritishda noto’g’ri qarorlar qabul qilishi xatolikka yo’l qo’yishi mumkin.
Shuning uchun ham menejerlar o’z korxonlarida ishonchsiz ma’lumotlarni olishga
sababchi bo’luvchi omil belgilarni aniq va to’g’ri belgilay olishi va aniqlashi
lozim. Agar berilayotgan har bir ma’lumot korxona ahamiyatiga molik bo’lsa
bunda xatolar yuzaga kelmasligini oldini olgan
holda korxona menejerlari
topshirlayotgan har bir ma’lumot ustidan kuchli nazorat o’tqizishlari shart
hisoblanadi.
149
Moliyaviy hisobotda ichki nazoratning ahamiyati
shundaki topshirilayotgan
to’g’ri ma’lumotlar korxonaning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga zamin
yaratibgina qolmay, u bir vaqtning o’zida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha
noqulay vaziyatlardan korxonani xolos etadi. Samarali ichki nazorat axborotning
sifatliligini ta’minlash
bilan birga, axborotning tashqi va ichki iste’molchilariga
to’g’ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: