Tashqi audit
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotining haqqoniyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma
16
asosida auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkaziladi. Tashqi auditning asosiy
xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday manfaati
bo‘lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida
ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o‘tkazilishidadir. Agarda auditor
tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida
ishlaydigan shaxs bo‘lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun berilgan litsenziya
bekor qilinishi ham mumkin.
Tashqi audit korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini baholash hamda uning
moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audit
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani
maksimallashtirish maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini
tashkil qilish va qayta tashkil qilish, hisob ishlarini yuritish, soliqqa tortish
bo‘yicha takliflar beradi.
Tashqi audit natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat
tizimi holati, yillik moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon
qilinadi. Bundan tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar,
ma’lumotnomalar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishining majburiy yoki ixtiyoriyligiga ko‘ra 2
ga bo‘linadi:
1.
Majburiy audit;
2.
Tashabbuskorlik auditi.
Xalqaro amaliyotda audit ob’ektiga ko‘ra uchta turi alohida ajratib
ko‘rsatiladi:
17
2-chizma. Ob’ektiga ko’ra audit turlari
Dostları ilə paylaş: |