27
uchinchi shaxslar oldida javobgarlik mavjud bo‘lib, unda
Tort qonuniga nisbatan
kamroq cheklovli shartlar mavjud.
Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi
Ko‘pgina mamlakatlarda auditorlarning fuqarolik javobgarligiga ta’sir
ko‘rsatadigan qonunlar mavjud. Masalan, qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi
qonunlar professional buxgalterlarga nisbatan qat’iy talablar qo‘yishi mumkin.
AQSHda 1933 yilgi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi
qonun faqatgina Qimmatli
qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) ni tashkil etibgina qolmay, auditorlarga
nisbatan uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligini tiklash bo‘yicha birinchi
qonuniy me’yorlarni o‘rnatgan.
Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan
firmaning
asl xaridorlari, agar moliyaviy hisobot noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lsa,
auditorga
dastlabki sotib olish narxiga qadar murojaat qilishadi. Qimmatli qog‘ozlarni sotib
olgan har bir kishi moliyaviy hisobotdagi jiddiy xatoliklar yoki kamchiliklar uchun
auditorni sudga berishi mumkin. Auditorda oqilona tergov o‘tkazilganligi yoki
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchining (da’vogarning) zarari
sabablari moliyaviy hisobotlardagi xatoliklardan boshqa omillar bilan bog‘liqligini
ko‘rsatadigan dalillar bo‘lishi kerak. Agar auditor buni isbotlay olmasa, da’vogar
bu ishni yutib oladi.
Dostları ilə paylaş: