24
to‘g‘risidagi qonunlar, standartlar, qoidalarning potensial buzilishlarini tergov
qiladi. AQSHdan tashqarida joylashgan buxgalteriya firmalari SEC da ro‘yxatga
olgan AQSH firmalari bilan ishlasa PSAOB talablariga binoan auditorlik
hisobotini tayyorlaydi va taqdim qiladi.
2002-yilda Sarbanes-Oxley Qonuni Kongress tomonidan deyarli bir
ovozdan
qabul qilingan va prezident Jorj Bush tomonidan 2002 yil 30 iyulda imzolangan.
Prezident tomonidan imzolangan qonun, Enron va WorldCom kompaniyalari
inqirozi va boshqa keng tarqalgan korporativ va buxgalteriya janjallari tufayli
paydo bo‘ldi. Qonun Prezident tomonidan "Franklin Delano Ruzvelt davridan beri
Amerika biznes amaliyotining eng keng ko‘lamli islohotlari" dan biri sifatida qayd
etilgan bo‘lib, u korporativ axborotni oshkor qilish
va moliyaviy hisobotni
takomillashtirish, buxgalterlik firmalarining mustaqilligini mustahkamlash orqali
investorlarning ishonchini mustahkamlash, moliyaviy hisobotlarda va korporativ
axborotni oshkor qilishda korporativ xodimlar va
boshqaruvchilarning roli va
mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Avstraliyada 1999 yilda qabul qilingan "Iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida" gi
qonunga ko‘ra yangi xususiy, jamoat va notijorat tashkilotlar uchun buxgalteriya
standartlarini joriy qilish uchun Moliyaviy hisobot berish kengashi (FPC) ta’sis
etildi. FRF xalqaro moliyaviy markazlarda qo‘llaniladigan xalqaro buxgalteriya
standartlarini va buxgalteriya standartlarini ishlab chiqishni kuzatadi. U Avstraliya
Buxgalteriya standartlari kengashi (AASB) uchun keng strategik yo‘nalishni
belgilaydi, uning istiqbolini va biznes rejasini tasdiqlaydi
hamda kuzatib boradi,
shuningdek uning faoliyatini nazorat qiladi. Birlashgan Qirollikda Nazorat
Kengashi Buxgalteriya Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Nazorat
kengashining vazifasi tartibga solish tizimining ishlashini jamoatchilik
manfaatlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlash maqsadida
uni nazorat qilishdan
iborat. Ushbu funksiyani amalga oshirishda Nazorat kengashi uchta organni -
Axloq normalari kengashi, Audit amaliyoti kengashi hamda Tergov va Intizom
kengashining faoliyatini qamrab oladi.
Bundan tashqari, kengash Buyuk
25
Britaniyaning buxgalteriya kasbi mutaxassislari ustidan tergov va intizom,
monitoring, treninglar o‘tkazish, malakasini oshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish
bo‘yicha cheklangan vakolatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: