A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
АУдит дарслик

Qonuniy javobgarlik 
Auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan moliyaviy hisobotga nisbatan ko‘plab 
manfaatdor tomonlar mavjud: mijoz (u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat mavjud), 
haqiqatdagi va potensial aksiyadorlar, sotuvchilar, bankirlar va boshqa kreditorlar, 
xodimlar va hukumat. Auditorning har bir manfaatdor tomonning yuridik 
javobgarligi mamlakatdan mamlakatga, tumandan to tumanga qarab o‘zgarib 
turadi. Ushbu majburiyat, odatda, quyidagilardan biriga yoki bir nechtasiga 
asoslangan: umumiy huquq, yuridik qonunchilik bo‘yicha fuqarolik javobgarligi, 
qonunga muvofiq jinoiy javobgarlik va professional buxgalteriya tashkilotlari 
a’zosi sifatida javobgarlik. 
Umumiy yuridik javobgarlik 
Auditorlar uchun umumiy yuridik javobgarlik odatda ikkita toifaga 
bo‘linadi: mijozlar oldidagi majburiyatlar va uchinchi shaxslar oldidagi 
javobgarlik.
Mijozlar oldidagi javobgarlik. 
Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvida ehtiyotsizlik qilinganligi sababli, 
mijoz tomonidan taqdim etilgan odatiy fuqaroviy da’vo, auditor tomonidan 
moliyaviy hisobotdagi soxtalik yoki ishchilarning firibgarligi (yo‘qotish) ni 
aniqlamaganligi to‘g‘risidagi da’voni o‘z ichiga oladi. Qonuniy xatti-harakatlar 
shartnomaning buzilishi, yoki ko‘pincha, ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan deb tan 
olinishi mumkin. Ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan operatsiyalar eng keng 
tarqalgan hisoblanadi, odatda ular shartnomaning buzilishiga qaraganda ko‘proq 
miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi. 
Uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari 
Uchinchi shaxslar audit mijozidan tashqari auditdan barcha manfaatdor 
tomonlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik firmasi uchinchi shaxslarga, masalan, soxta 


26 
moliyaviy hisobotlarga tayanib, zarar ko‘rgan banklarga nisbatan javobgar bo‘lishi 
mumkin. 
Ultramar 
Auditning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatlari bo‘yicha AQSHning eng 
mashhur audit hodisasi 1931 Ultramares-Touche (Ultramares Corporation v 
Touche va boshq.) ishida sodir bo‘ldi. Ushbu hodisada sud buxgalterlarning 
ehtiyotsizligi haqida qaror chiqardi, ular debitorlik qarzlari miqdorida 
soxtalashtirishga yo‘l qo‘yilmagan deb xulosa beradi. Tergov tekshiruv natijalari 
soxtalashtirilganligini ko‘rsatganida, ular uchinchi tomon bankdan javobgar 
bo‘lmadi, chunki kreditorlar auditorlik tekshiruvidan oldin auditorga ma’lum 
bo‘lgan asosiy manfaatdor shaxs emas edi. Ushbu hodisa Ultramar doktrinasi deb 
ataladi, chunki uchinchi tomon va auditor o‘rtasida shartnoma huquqi yo‘qligi 
sababli oddiy ehtiyotsizlik uchinchi tomon oldidagi javobgarlik uchun etarli emas.
Caparo 
Mashhur 1990 yilgi Caparo hodisasida (Caparo Industries, PLC v Dickman 
va boshqalar), Britaniyaning Lordlar Palatasi asosiy hal qiluvchi majburiyat 
mezoni auditorlik xizmatining maqsadi bo‘lganligi haqida qaror qabul qilgan. 
Yillik hisobotlar uchun bu maqsad aksiyadorlarga kompaniyaning o‘tmishdagi 
boshqaruvni tekshirish, ularning ovoz berish huquqlarini amalga oshirish hamda 
kelgusidagi siyosat va boshqaruvga ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarni berishdan iborat edi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin