A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Tanlash bilan bog’liq risk



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189
АУдит дарслик

Tanlash bilan bog’liq risk
shunday 
riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik 
protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval 
qilingan xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash 
yordamida auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda 
riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk 
tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun 
o’lchanishi mumkin. 
Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari 
Auditor ichki nazoratni integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida 
samaradorligini baholash uchun dalillarni yig’ishda ko’pincha tanlashdan 
foydalanadi. Nazorat pasayishga uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini talab 
qiladi; masalan, agar nazorat vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu 
axborotdan nazorat samaradorligi haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil 
nazorat amallar miqdori yoki ichki nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish uchun 
foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha ayrim noaniqliklarga ega bo’ladi, shu 


233 
bilan birga auditor yomon senariyni boshqarishga urinadi; masalan, auditor nazorat 
vaqtning 8% dan ortig’iga pand bermaydi deya 95% ishonishni xohlaydi. Auditor 
hamisha tanlab olishning uncha katta bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar 
chiqarish bo’yicha risklarni boshqarishga xarakat qiladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari jadvalda keltirilgan. 
Ichki nazorat ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat 
riskining o’ta past yoki ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi 
risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini samarali deb topganda haqiqatda esa 
ichki nazorat tizimi samarsiz bo’lganligi riski hisoblanadi. Ichki boshqaruv 
ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta 
yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor 
nazoratning ichki vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa 
nazoratning ichki vositalari samaralidir.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin