77
ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini
tutish
qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar.
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir
necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular
quyidagilardir:
1.
Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor
o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab
ish tutmasligi lozim.
Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Auditor
faqatgina o’z xizmati vazifasini bajarishi davomida audit predmetiga nisbatan
mustaqillikni saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar ham
auditorning mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu
ikki maqsad haqiqiy va
tashqi mustaqillik deyiladi.
Halollik va ob’ektivlik tamoyiliga ko’ra, auditor dalillarni qasddan buzib
ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim.
2.
Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori
texnik mahoratga ega bo’lish. Bu tamoyilga ko’ra, auditor o’z faoliyati davomida
quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim:
-
kasbiy chuqur malakalilik. Auditor buyurtmalarni kasbiy kom-
petentlik bilan bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim;
-
topshiriqni bajarish vaqtida auditor
zarur kasbiy sinchkovlikni
namoyon qilishi zarur;
-
auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirishi va
nazorat qilishi zarur;
-
auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy
va ilmiy asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak.
3.
Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va
ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur;
4.
Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan
78
xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur;
5.
Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi
va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon
beradigan darajada tutishi zarur.
O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi
mazkur
qismga har bir auditor bajarishi, zarur bo’lgan, aniq belgilab berilgan qoidalar
kiritilgan. Jumladan, ular quyidagilardir: mustaqillik, halollik va ob’ektivlik;
umumiy
standartlar; audit standartlari; buxgalteriya hisobi tamoyillari; boshqa
texnik standartlar; mijozlarning maxfiy ma’lumotlari; xizmat haqi uchun to’lov;
reklama va ta’sir
etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan
mashg’ulotlar.
Axloq me’yorlariga rioya qilmaydigan auditorlar o’z jamoasiga hur-
matsizlik, ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi.
Kodeksga muvofiq auditor kasbining maqsadi, asosan jamiyat ehtiyojlarini
qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish uchun oliy darajadagi
professionallik me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
Auditorlar o’z mahoratidan foydalangan
holda mijoz va ish beruvchi
ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida
bo’lganida mustaqillik talablariga mos ravishda puxta bajarishlari lozim. Bundan
tashqari, ular texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: