81
professional xizmatdan voz kechishi mumkin. Auditorlik tashkiloti muayyan
vazifalarni hal qilishda mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Auditorning
professional malakasi qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Auditor buxgalteriya
hisobi, soliqqa tortish, fuqarolik huquqi, auditni tashkil qilish, xalqaro
standartla
r
bo’yicha bilimini oshirib borishi lozim.
Kasbiy mahorat ikkita bosqichga bo’linishi mumkin:
A) kasbiy layoqatlilik darajasiga erishish. Kasbiy layoqatlilikni o’zlashtirish
dastlab umumiy ta’limning yuqori darajada bo’lishini talab etadi, undan keyin
maxsus ta’lim, tegishli o’quv fanlari bo’yicha bilimlarga tayyorlash va tekshirish
hamda tegishli kasbiy fanlar bo’yicha imtihonlar o’tkazish, shuningdek, ish
stajining mavjudligi;
B) kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish. Kasbiy layoqatlilikni
tegishli darajada saqlab turish bilimlarni muntazam yangilab borishni talab etadi.
Auditor tekshiruv sifatining nazoratini ta’minlovchi dastur bo’yicha ishlashi lozim.
7.
Dostları ilə paylaş: