A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


-BOB. AUDITORLIK TEKShIRUVIDA MUHIMLIK VA RISK



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189
АУдит дарслик

6-BOB. AUDITORLIK TEKShIRUVIDA MUHIMLIK VA RISK 
6.1. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida hamda auditning xalqaro 
standartlarida “muhimlik” tushunchasi talqini 
Xorijiy investorlarga MHXSlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar 
mamlakatimizdagi sub’ektlarga investitsiyalar kiritish to’g’risida qaror qabul 
qilishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun hozirgi kunda 
moliyaviy 
hisobotlarni 
MHXSlariga 
muvofiq 
tayyorlash 
va 
undagi 
ko’rsatkichlarning ishonchliligini hamda shaffofligini ta’minlash davr talabidir. 
Ba’zi holatlarda MHXSlari bo’yicha mutaxassislar, auditorlar tomonidan 
“bu axborot MHXS bo’yicha tayyorlanayotgan hisobot uchun muhim emas” yoki 
“bu axborot muhim bo’lib, uni hisobotda aks ettirish shart” degan mulohazalarni 
eshitamiz. 
“Muhimlik” tushunchasiga ilmiy jihatdan ta’rif berishdan avval uning 
lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq, ya’ni “muhim” kerakli, 
ahamiyatli, jiddiy, alohida ahamiyatga ega bo’lgan, ahamiyat jihatdan birinchi 
darajali degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot, agar uning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko’rsatilishi ma’lum 
hisobot beruvchi tadbirkorlik sub’ekti to’g’risidagi moliyaviy axborot asosida 
foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishi mumkin 
bo’lsa, u muhim deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, muhimlik, alohida 
tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisoboti doirasidagi axborotga tegishli bo’lgan 
moddalarning mohiyati va kattaligi yoki ikkalasiga ham asoslangan, tadbirkorlik 
sub’ektiga xos bo’lgan o’rinlilikning bitta jihatidir. 
Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati), 
ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan 
foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi. 
Muhimlikning nazariy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, muhimlik – MHXS 
lari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobot tuzishda unga zarur bo’ladigan 
axborotlarning sifat xususiyatini ifodalaydi. MHXS bo’yicha kontseptual 


108 
asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlashda axborotlarning sifatini ta’minlashda 
quyidagi xususiyatlari ham e’tiborga olinishi lozim: 
- tushunarlilik (understandability); 
- ishonchlilik (reliability); 
-taqqoslanuvchanlik (comparability). 
“Muhimlik” tushunchasidan foydalanish va uni qo’llash sharti MHXSlar 
asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning shakllanishi talaygina xo’jalik 
jarayonlaridan(operatsiyalaridan) tashkil topishi bilan bog’liqdir.
“Muhimlik” tushunchasini tom ma’noda talqin etadigan bo’lsak, so’z 
birinchi navbatda moliyaviy hisobotning katta qiymatga ega bo’lgan elementlari 
xaqida boradi. Masalan, debitorlik qarzlari balans jami summasining 30%ni tashkil 
etsa, uni hisobotda noto’g’ri aks ettirilishi oqibatida undan foydalanuvchilarni 
qarorlar qabul qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, hisobot moddalarining muhimligi faqat 
ularning qiymatiga emas, balki iqtisodiy mohiyatiga ham bog’liqdir. Masalan, 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt yangi faoliyat turini taqdim etishi natijasida yuzaga 
keladigan risklar va shart sharoitlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning 
qarorlariga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin. 
Shunday qilib hisobot moddalarining muhimligini belgilashga quyidagi 
omillar ta’sir qilishini inobatga olinishi lozim deb o’ylaymiz: 
1.
Hisobot moddalarining qiymati; 
2.
Hisobot moddalarining iqtisodiy mohiyati; 
3.
Ikkita omil kombinatsiyasi. 
Moliyaviy hisobot moddalarining muhimligini belgilashda ularning miqdor 
va sifat xususiyatlari ham muhim rol o’ynashi mumkin. Masalan, tovar moddiy 
zahiralarni hajm jihatdan (puldagi ifodasi) va uning tarkibiga kiruvchi elementlari 
“xom ashyo”, “yarim tayyor mahsulotlar”, “tayyor mahsulotlar” (sifat xususiyati) 
to’g’risidagi axborotlar hisobotda aks etishi lozim. 


109 
Moliyaviy hisobotning muhim moddalariga nisbatan MHXSlari qo’llaniladi. 
Bizning bunday xulosaga kelishimizga sabab “Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan 
baholardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli Moliyaviy hisobot xalqaro standartida 
moliyaviy hisobotga ta’sir etish darajasi ahamiyatsiz bo’lgan ko’rsatkichlar hisob 
siyosatida aks etmaydi, deb e’tirof etilganligidadir. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda muhimlik kontseptsiyasini 
quyidagi yo’nalishlarda shakllantirish mumkin: 
-
moliyaviy hisobotda xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan 
muhim moddalar (ko’rstakichlar) alohida-alohida aks etishi lozim; 
-
muhim bo’lmagan moddalarni uning xususiyati va funktsiyalaridan 
kelib chiqqan holda umumlashtirish; 
-
moliyaviy hisobotda aks etmaydigan ayrim ko’rsatkichlar hisobotga 
ilova sifatida keltiriladigan hujjatlarda ochib berilish lozim. 
Shuni yodda tutish lozimki, muhimlik mutloq va nisbiy miqdorlarda 
aniqlanishi mumkin. Muhimlikni nisbiy miqdorlarda aniqlash moliyaviy hisobot 
moddalarining sifat xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Masalan, xarajatlarni hisobotda aks ettirish jarayonida yo’l qo’yilgan 1 mln. 
so’mlik xato, foydasi 1 mlrd. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhim emas, 
lekin foydasi 3 mln. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhimdir. Xato haqida 
gap ketganda, sub’ekt xodimlari tomonidan u bilmasdan yoki qasddan sodir etilishi 
mumkin. Ikkinchi holat auditorlar tomonidan o’rganilganda hisobotdagi xatoliklar 
evaziga auditorlik riskini ortishi natijasida muhimlik darajasi kamaytiriladi (ya’ni 
o’rganilayotgan moddaning iqtisodiy mohiyatiga qaraladi).
Yana bir misol keltirsak, sodir etilgan kichkina xatolik zarar bilan chiqqan 
sub’ektni foyda bilan chiqishiga olib keldi. Sub’ekt yillik moliyaviy hisobotida 
quyidagi ma’lumotlar keltirlgan: 


110 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin