Yupqa plastinkalardagi interferensiya Lloyd ko‘zgusining muayyan joylashishida ekrandagi interferensiya yo‘lining kengligi 1 mm bo‘ldi. Ko‘zguni o‘ziga parallel ravishda 0,3 mm masofaga siljitilganlaridan keyin interferension yo‘llarning kengligi o‘zgaradi. Interferension yo‘llarning kengligi oldingidek qolishi uchun ekranni qaysi yo‘nalishda va qancha masofaga siljitish kerak? Monoxramatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi .
Qalinligi va sindirish ko‘rsatkichi bo‘lgan yassi parallel shisha plastinka sindirish ko‘rsatkichlari bo‘lgan ikkita muhit orasiga joylashtirilgan (9-rasm). To‘lqin uzunligi bo‘lgan yorug‘lik plastinkaga normal tushadi. Plastinkaning yuqori va quyi sirtlaridan qaytgan 1 va 2 to‘lqinlarning optik yo‘l farqi aniqlansin va quyidagi hollar uchun interferensiyada yorug‘lik intensivliklarining kuchayishi yoki susayishi ro‘y berishi ko‘rsatilsin: 1) ; 2) ; 3) ; 4) .
9-rasm Havoda turgan sovun pardasiga (n=1,3) oq yorug‘lik nurlarining dastasi normal tushadi. Pardoning qanday eng kichik d qalinligida to‘lqin uzunligi bo‘lgan qaytgan yorug‘lik interferensiya natijasida maksimal kuchaygan bo‘ladi?
Monoxramatik yorug‘lik to‘lqinlari dastasi havoda turgan sovun pardasiga 300 burchak ostida tushadi. Pardoning qanday eng kichik qalinligida interferensiya natijasida qaytgan yorug‘lik to‘lqinlari: 1) maksimal kuchaygan; 2) maksimal susaygan bo‘ladi?
Yupqa shisha ponaga (n=1,55) monoxramatik yorug‘lik normal tushadi. Pona sirtlari orasidagi ikki qirrali burchak . Agar qaytgan yorug‘lik uchun qo‘shni interferension maksimumlari orasidagi masofa 0,3 mm bo‘lsa, yorug‘lik to‘lqinining uzunligi aniqlansin.
Yupqa shisha ponaga uning sirtiga normal yo‘nalishda monoxramatik yorug‘lik tushadi. Agar qaytgan yorug‘lik uchun qo‘shni interferension minimumlar orasidagi masofa 4 mm bo‘lsa, pona sirtlari orasidagi burchak aniqlansin.
Ikkita yassi parallel shisha plastinka orasiga plastinkalarning tutash chizig‘iga parallel va undan 75 mm masofada juda ingichka simchani quydilar. Qaytgan yorug‘likda balandligi plastinkada interferension yo‘llar ko‘rinadi. Agar 30 mm masofada 16 ta yorug‘ yo‘l sanalsa, simcha ko‘ndalang kesimining diametri aniqlansin.
Ikkita yassi parallel plastinka burchakli pona hosil qiladi. Plastinkalar orasidagi fazo glitserin bilan to‘ldirilgan. Ponaga uning sirtiga normal ravishda to‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxramatik yorug‘lik dastasi tushadi. Qaytgan yorug‘likda interferensiya manzarasi kuzatiladi. Ponaning 1 cm uzunligiga nechta qorong‘u interferension yo‘llar farqi to‘g‘ri keladi?
Vertikal joylashgan sovun pardasi pona hosil qiladi. Interferensiya qaytgan yorug‘likda qizil shisha orqali kuzatilmoqda. Bunda qo‘shni qizil yo‘llar orasidagi masofa 3 mm ga teng. So‘ngra shu parda ko‘k shisha orqali kuzatiladi. Qo‘shni ko‘k yo‘llar o‘rtasidagi masofa topilsin. O‘lchash vaqtida pardoning qalinligi o‘zgarmaydi va yorug‘lik pardaga normal tushadi deb hisoblansin.
Shisha ponaga yorug‘lik dastasi normal tushadi. Pona burchagi 20''. Pona uzunlik birligiga nechta qora interferensiya yo‘llari to‘g‘ri keladi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.
Sovun pufagiga (n=1,33) 450 burchak bilan oq yorug‘lik tushmoqda. Pufak pardasi qanchalik yupqa bo‘lganida qaytgan nurlar sariq rangga bo‘yaladi?
Sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan yupqa parda to‘lqin uzunligi bo‘lgan tarqoq yorug‘lik bilan yoritiladi. Pardaning minimal qalinligi qanday bo‘lganida interferension yo‘llar yo‘qoladi?
Yassi shaffof shisha sirti ustida 0,396 mkm qalinlikdagi yupqa shaffof parda hosil qilingan. Pardaga 300 burchak ostida yorug‘lik tushurilsa, u qanday rangda ko‘rinadi?
Sirtga o‘tkazilgan normalga nisbatan 600 burchak ostida kuzatilganda qaytgan yorug‘lik spektrida to‘lqin uzunligi bo‘lgan ancha kuchaygan sariq chiziq ko‘rinsa, suv yuzasidagi moy qatlamining qanchaga teng bo‘ladi?
To‘lqin uzunligi bo‘lgan yorug‘lik uchun 10-tartibli interferension maksimumni kuzatish uchun sindirish ko‘rsatkichi n=1,6 bo‘lgan plastinkaning qalinligi qalinligi qanday oraliqda o‘zgarishi mumkin?
To‘lqin uzunligi 450 nm bo‘lgan nur perpendikulyar tushganda qaytgan yorug‘likda yupqa ponasimon plastinkada bir-biridan 1,5 mm masofada bo‘lgan qorong‘u interferension yo‘llar kuzatiladi. Agar plastinkaning sindirish korsatkichi 1,5 bo‘lsa, plastinka yoqlari orasidagi burchakni toping.