A. K. Xusanov


Uslub: Yakka tartibda ishlash.  Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub:
Yakka tartibda ishlash. 
Mashg’ulotni bajarish. 
1. Fiksatsiya qilingan dengiz yulduzlarining birini vannachaga olib, qo’l 
lupasi yordamida aboral qutbidagi madrepor plastinkasi, anal teshigi va 
peditsellyariyalari qo’l lupasi yordamida ko’riladi. 
2. Dengiz yulduzining har bir yulduzining ikkala chekka qismidan aboral 
qutbga yaqinroq joydan o’tkir uchli qaychi bilan kesiladi. Kesishni davom ettirib, 
faqat madrepor plastinkasi yonida kesishni orqa tomonga o’tkazing. 
3. Dengiz yulduzini pereproval vannachaga oboral qutubi bilan pastga 
ajratib qo’yiladi, to’g’nog’ich yordamida nurlarning uchidan qadab qo’yiladi. 
Vannacha suvga to’ldiriladi. 
4. Dengiz yulduzining aboral tomonidagi tana qoplag’ichi pintset bilan 
ko’tarilib uning yopishib turgan ichki organlari va ambulakulyar sistemasining 
tuzilishi o’rganiladi. 
Mavzu haqida ma’lumot: 
Dengiz yulduzining yassilangan tanasi markaziy disk va undan tarqaluvchi 5 
ta nurdan iborat. Dengiz yulduzlarinnig tanasi normal holatda oral qutbi bilan 
substratga (dengiz tubiga) qaragan bo’ladi. Xuddi shu tomonida diskning 
markazida og’iz teshigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy 
chizig’i bo’ylab joylashgan egatchasi bo’ladi. Unda 4 qator bo’lib joylashgan juda 
ko’p o’simtalar yoki ambulyakulyar oyoqchalar bo’ladi. Oral qutbiga qarama - 
qarshi tomoni aboral deb ataladi. Bu qutbning markazida anal teshigi joylashgan. 
Bundan tashqari aboral qutbda juda ko’p mayda teshikchalarga ega bo’lgan 
madrepor plastinka bo’ladi. Dengiz yulduzi tanasining aboral qutbi tomoni 
ohakdan iborat juda ko’p kichik ignalar bilan qoplangan. Bularning bezlari 
o’zgarib, o’ziga xos qisqichlarni – peditsellariyaga aylangan. 
Dengiz yulduzlarida ambilyakulyar sistema yoki suv kanallar sistemasining 
bo’lishi xarakterlidir. Bu sistema aboral qutbdagi madrepor plastinkadan 
boshlanadi. Amblyakulyar sistema dengiz yulduzlarining asosiy harakatlanish 
organidir. U nafas olish vazifasini ham bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin