A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
2-ish.
Leyshmaniyalarning tuzilishi va rivojlanish sikli 
Teri leyshmaniyasining sistematik holati 
Tip:
Sarkomastigoforalar – Sarcomastigophora
 
Kenja tip:
Xivchinlilar – Mastigophora
 
Sinf:
Hayvonsimon xivchinlilar – Zoomastigophora
 
Turkum:
Kinetoplastidalar – Kinetoplastida
 
Vakili:
Teri leyshmaniyasi – 
Leishmania tropica
 
Mashg’ulotning ilmiy maqsadi: 
Leyshmaniyalarning tuzilishi va rivojlanish 
siklini o’rganish.
 
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: 
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
kengaytirish, Vatanga bo’lgan muhabbatni oshirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: 
O’quvchilarni darslik va 
qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish.
Jihozlar: 
Leyshmaniyalarning mikropreparatlari, mikroskop, rangli va oq-
qora diapozitivlar, diaproektor, leyshmaniyalarni tuzilishi va rivojlanish sikli aks 
ettirilgan jadvallar. 
Uslub: 
Guruh bilan ishlash. 
 Mashg’ulotni bajarish:
1. Amaliy ishlar uchun leyshmanioz bilan kasallangan itning ko’migini surkab yoki 
terisidagi yarasidan quritib tayyorlangan preparatlardan foydalanish mumkin.
2. Leyshmaniya bilan og’rigan odam yarasidan ham preparat tayyorlash mumkin. 
Tayyorlangan preparatlarni Romanovskiy–Gimza bo’yog’iga bo’yash kerak. 
3. Leyshmaniyalar juda kichkina bo’lgani uchun preparatlarni tekshirganda 
immersionli obektiv ishlatiladi. 
4. Preparatga bir tomchi kedr yog’ini tomizib, uni mikroskop stolchasiga qo’ying, 
keyin obektivni ehtiyotlik bilan kedr yog’iga tekkaniga qadar pastga tushirib 
fokusga to’g’irlang.
5. Parazitlar ko’mik hujayralarning protoplazmasida ham, hujayradan tashqarida 
ham bo’lishi mumkin. Hujayraning ichida leyshmaniyalar ko’p vaqtda bir necha 
o’nlab, hatto 100-200 tadan uchraydi.
6. Preparatda leyshmaniyani qidirganda Ramanovskiy-Gimza bo’yog’i bilan 
bo’yalgan bo’lsa, parazitning protoplazmasi havo rang yoki ko’k, yadrosi esa to’q 
gunafsha rangga bo’yaladi. 
7. Leyshmaniyalarni tekshiring, yadrosini, blefaroplastini va xivchinining ildiz 
qismini toping. 


28 
8. Preparat tayyorlashning iloji bo’lmasa, bu ishni tayyor doimiy preparatlar orqali 
ham bajarish mumkin. 
9. Leyshmaniyaning rivojlanish sikli rasmini chizing.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin