A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
Amaliy ishlar uchun
 Tryponosoma evansi
ni topish mumkin.
2.
 
Ish uchun Romonovskiy-Gimza bilan bo’yalgan preparatlarni ishlatsa bo’ladi. 
3. Tripanosomoz bilan kasallangan ot yoki sichqonning qonidan bir tomchi olib, 
buyum oynasiga tomizing va preparatni mikroskopning kichik obektivi orqali 
kuzating.
4.
 
Doirasimon shakldagi kichkina tanachalarga e’tibor bering. Bular ot yoki 
sichqon qonidagi eritrositlardir. 
5. Tripanosomalar mikroskopning kichik obektivi bilan tekshirilganda salgina 
ko’rinadi. Preparatning shu joyini katta obektiv bilan qarang. Bunda siz 
eritrositlarni va ular orasidagi uzunchoq tanachalarni ko’rasiz. 


26 
6. Mana shu tanachalar tripanosomalardir. Tripanosomalarning tuzilishini 
tekshirganda, ularning yadrosini, xivchinini hamda tanasining chetidagi 
to’lqinsimon pardasini ko’rish mumkin.
7. Bu holatni tripanosomalar bo’yicha tayyorlangan doimiy preparatlarda ham 
kuzatish mumkin.
8. Tripanosomaning tuzilishini albomingizga chizib oling. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-rasm.
Parazit xivchinlilar: 1, 2, 3 va 4-
Tryponosoma evansi
; 5, 6- 
Tryponosoma equiperdum

7-endoteliy hujayrasi sitoplazmasidagi 
Leishmania donavani
; 8-oziqa muhitidagi 
Leishmania 
tropica
; 9-
Trichomonas foetus

 
Mashg’ulot haqida ma’lumot 
 
Ko’pchilik dengiz va barcha parazit xivchinlilarning qisqaruvchi vakuoli 
bo’lmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va ko’p yadroli 
(opalinalar) xivchinlilar ham bor. Odatda, bo’yiga 2 ga bo’linish orqali jinssiz 
ko’payadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (bo’linadigan individlar ajralib 
ketmaydi) koloniya hosil bo’ladi. Ko’pchilik xivchinlilarda jinsiy ko’payish 
gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban xivchinlilarda jinsiy ko’payish 
izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi), boshqalarda 
geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qo’shilishi) dan iborat. Erkin 
yashovchi xivchinlilar (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman 
tuproqda uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega 
(ayniqsa, plankton xivchinlilar). Ko’pchilik xivchinlilar suvlar ifloslanishining 
biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha xivchinlilar odam va hayvonlarda 
parazitlik qilib, og’ir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar) ga sabab 
bo’ladi. Ayrim xivchinlilar termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm 
bo’ladigan oziq moddalarning hazm bo’lishiga yordam beradi. 


27 
Tripanozomalar (Trypanozoma) - tanasi yassi tasmasimon bo’lib 20-75 mkm 
keladi. Uyqu kasali triponozomasi Afrikaning tropik qismida og’ir uyqu kasalini 
keltirib chiqaradi. 
Odam va umurtqali hayvonlar ichagida ko’p xivchinlilar parazitlik qiladi. 
Ichakda yashaydigan trixomanas (Trixomonas) larning butun tana bo’ylab o’tuvchi 
ichki tayanch skeleti aksos tili va to’lqinlanuvchan pardasi bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin