A. K. Xusanov


Mashg’ulot haqida ma’lumot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mashg’ulot haqida ma’lumot. 
Chig’anoqli amyobalar faqat chuchuk suv 
havzalarida yashaydi. Ularni har qanday chuchuk suv havzasidan, botqoqliklardan 
topish mumkin. Ular ham xuddi yalang’och amyobalar singari bentoslar kabi hayot 
kechiradi. Chig’anoqli amyobalar yalang’och amyobalardan deyarli farq qilmaydi. 
Uning asosiy farqi shundaki, tanasi tashqi tomondan chig’anoqlar bilan qoplangan. 
Bu chig’anoqdan uning psevdopodiylari (yolg’on oyoqlari) chiqib turadi. 
Respublikamiz suv havzalarida chig’anoqli amyobalardan-Arcella, Difflugia va 
boshqa avlod turlari uchraydi.
Arsellaning chig’anog’i sarg’ish rangda, uning 
kattaligi 1 mm atrofida, shakli likopchaga o’xshash bo’lib, chig’anog’i organik 
moddalardan iborat. Protoplazmasida 2 ta yadrosi va bir necha qisqaruvchi 
vakuolalari bor. Difflyugiyaning chig’anog’i noksimon shaklda og’izchasi 
ingichkalashgan qismida joylashgan. Difflyugiyaning chig’anog’i asosan organik 
moddadan iborat, bu moddani protoplazma ajratib chiqaradi. Chig’anoq hosil 
bo’lishda 
hayvon
psevdopodiylari yordami bilan qum donachalarini qamrab oladi, bu qum 
donachalari endoplazmadan gavdaning sirtiga chiqib, organik qobiq tarkibiga 
qo’shiladi, ya’ni chig’anoqning organik asosi qum donachalarida to’planadi. 
Chig’anoqning og’izchasidan faqat psevdopodiylari chiqib turadi va 
psevdopodiylari yordamida harakatlanadi, o’ljasini tutadi.
Ko’pchilik chig’anoqli 
amyobalar oddiy ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi.
Qattiq chig’anoqli 
amyobalarda bu bo’linish protoplazmatik o’simta (kurtak) hosil bo’lishdan 
boshlanadi. Kurtak sirtida chig’anoq hosil bo’ladi. Ikkita yosh individdan biri eski 
chig’anoqda qoladi, ikkinchisi esa yangi chig’anoq hosil qiladi. 
 
Quyidagi rasmni albomingizga chizing va nomlang. 
 
 
9-rasm. 
 


35 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin