A. K. Xusanov


Uslub: Yakka tartibda ishlash.  Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub:
Yakka tartibda ishlash. 
Mashg’ulotni bajarish: 
1.Tufelka ko’paytirilgan suvdan bir tomchi olinib, tomizg’ich yordamida 
buyum oynasining ustiga tomiziladi. U mikroskopning kichik obyekti orqali 
ko’rilib, tufelkaning harakati kuzatiladi. 
2.Tufelkani harakatdan to’xtatish uchun ustiga paxta tolalari tashlanadi va 
qoplagich oyna yopiladi, oynalar orasidagi suvning bir qismi filtr qog’oz 
yordamida shimitilib olinadi. 
3.Harakatdan to’xtatilgan tufelkaning endoplazmasi, yadrolari va boshqa 
organoidlari diqqat bilan kuzatiladi. 
4.Tufelkaning 
ovqat 
hazm 
qilish 
organoidlarini 
kuzatish 
uchun 
mashg’ulotdan 30 - 40 daqiqa oldin soat oynasiga olinib ustiga qizil kongo 
eritmasidan tomizib qo’yilgan maxsus tufelkalar kuzatiladi. Bunda biz qizil rangga 
bo’yalgan vakuolalarni ko’rishimiz mumkin. 
5.Tufelkannig yadrosi va trixosistalarining otilib chiqishini kuzatishimiz 
uchun buyum oynasining ustiga bir tomchi suv tomizib, unga sirka kislotasi (1% li 
eritma) bilan metil yashilining suv aralashtirilgan eritmasi tomiziladi. 
6.Bu tayyorlangan preparatning usti qoplagich oyna bilan yopiladi. 
Dastavval mikroskopning kichik obektivi va so’ngra katta obektivida ko’riladi. 
Kislota ta’sirida infuzoriyalar trixosistalarining otilib chiqishini ko’rishimiz 
mumkin. Bunda infuzoriyalarning o’zlari halok bo’ladilar.
Mashg’ulot haqida ma’lumot. 
Infuzoriya chuchuk suvlarda keng tarqalgan 
bo’lib, tanasining uzunligi 0,25-0,35 mm. Shakli duksimon, ko’ndalang kesimi 
doirasimondir. Usti yupqa qobiq’i - pellikula bilan o’ralgan. Pelikullaning ust 
qismi bir xil uzunlikdagi harakat vazifasini bajaruvchi kiprikchalar bilan 


45 
qoplangan. Pellikulaning ostki tomonida duksimon shakldagi trixosistalar bo’lib, 
ular mexanik, kimyoviy va boshqa xil ta’sirlar natijasida pellikulaning mayda 
teshikchalari orqali ipchaga o’xshab otilib chiqadi. Trixosistalar himoya qilish 
vazifasini o’taydi.
Tufelka 
protoplazmasi-ektoplazmadan 
va 
endoplazmadan 
iborat. 
Endoplazma markazida katta yadro-makronukleus, ikkinchisi esa kichik-
mikronukleus deb ataluvchi tuzilmalar joylashgan. Mikronukleus infuzoriya 
tanasidagi butun hayoti jarayonlarini, jumladan oqsil moddalar sintezini 
boshqaradi.
Ovqat hazm qilish organoidlari qorin tomonining oldingi yarmida og’iz oldi 
chuqurchasidan boshlanadi. Uning tubida hujayraviy og’iz - tsitostom bo’lib undan 
chiqqan kanal halqum sitoforiniksni tashkil qiladi. U esa endoplazmaga ochiladi. 
Endoplazmaga o’tgan ovqat hazm qilish vakuolasini hosil qiladi. Bu vakuola asta- 
sekin halqumdan ajralib, endoplazmada harakat qila boshlaydi, so’ng uning o’rnida 
yangi vakuola paydo bo’ladi. Shunday qilib, endoplazmadan bir necha vakuola 
hosil bo’ladi va ular sitoplazma oqimida bir yo’nalishda harakatlanadi. Hazm 
bo’lmagana ozuqa modda qoldiqlari pellikuladagi teshik orqali tashqariga 
chiqariladi. 
Tufelkada ikkita qisqaruvchi vakuolalar bo’lib, ularning biri tananing oldingi 
uchida, ikkinchisi tananing orqa qismida joylashgan bo’ladi. U jinsiy va jinssiz 
yo’l bilan ko’payadi. Jinssiz ko’payishi ikkiga bo’linish yo’li bilan borsa, jinsiy 
ko’payishi konyugatsiya jarayonida namoyon bo’ladi. Ya’ni ikkita infuzoriya bir - 
biriga yaqinlashib, hujayraviy tanalari o’zaro tegadi va mikronukleus 4 ga ajralib 
ularni 3 tasi erib ketadi va qolgan mikronukleus qismlari o’zaro almashinadi. Bu 
irsiy axborotlarni almashtirib olgan infuzoriyalar qaytadan bo’lina boshlaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin