49
Bu o’z navbatida gidraning o’troq yashashiga sabab bo’lsa-da, biroq ba’zida
ular do’mboloq oshgandek qilib harakatlanishi va bir joydan ikkinchi joyga
ko’chishi mumkin.
Gidraning tanasi ikki qavat hujayralardan, tashqi-ektoderma, ichki-
endodermadan iborat. Har ikkala qavat orasida strukturasiz qavat mezogliya
joylashgan va u tayanch plastinkasi ham deyiladi. Ektodermasida otiluvchi
hujayralari bor. Himoya vazifasini bajaruvchi ushbu hujayralar ayniqsa
paypaslagichlarida to’da-to’da bo’lib joylashgan. Gidraning otiluvchi hujayralari
uch guruhga bo’linadi-pinetrantlar, volventlar, glyutinantlar. Ektoderma ikki qavat
bo’lib, u erda muskul hujayralari yotadi. Bular gidra tanasining qisqarishi va
cho’zilishini ta’min etadi, hamda qoplovchi muskul hujayralari deb ataladi.
Endoderma hujayralari gidraning tana(gastral) bo’shlig’ini qoplagan yirik
xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Xivchinlar suv oqimi hosil qilishiga yordam
beradi. Bu hujayralar orasida ovqat bo’laklarini soxta oyoqlar – psevdopodiylar
hosil qilib, qamrab oladiganlari ham bor. Ularda ovqat zarralari hazm bo’ladi.
Hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari har bir hujayra tomonidan mustaqil ravishda
gastral bo’shliqqa, undan esa suv bilan birgalikda og’iz orqali tashqariga
chiqariladi.
Endodermadagi bezsimon hujayralar ovqat hazm qiluvchi shira ishlab
chiqaradi va gastral bo’shliqdagi yirik ovqat zarralarini parchalaydi.
Dostları ilə paylaş: