Uslub: Kichik guruhlarda ishlash, klasterlash.
Mashg’ulotni bajarish: 1.
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining ho’l preparati bevosita va lupa
yordamida kuzatiladi. Boshining tuzilishiga, undagi bo’gimlariga etibor beriladi.
2. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining pufagi bo’g’imlarining ko’p
emasligiga e’tibor beriladi. Oxirgi bo’g’imlarining xususiyatlariga qaraladi.
Yorilayotganida uning kattaligiga, pufak devorining qalinligi va pishiqligga e’tibor
beriladi.
3. Pufak yorilganida po’stning ichki devorida kurtaklanayotgan
pufakchalarni kuzatish mumkin. Uning ayrimlarida bo’lg’usi cho’chqa tasmasimon
chuvalchangining so’rg’ichli boshchasi borligiga e’tbor beriladi.
Mashg’ulot haqida ma’lumot: Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi (
Taenia solium ) ham qoramol
tasmasimon chuvalchangi kabi odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi
. Uning uzunligi 1,5-3 m, ba’zan esa 5 m gacha borib, boshcha, ya’ni skoleks,
bo’yin va 900 tagacha bo’g’imlari bor. Boshchasida 4 ta so’rg’ichi va xartumida
ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan.
Mana shu ilmoq-chalarining borligi tufayli cho’chqa tasmasimoni qurollangan
tasmasimon deb ham ataladi. Cho’chqa tasmasimoni proglottidalarining har birida
yuzlab urug’donlar va uch bo’lakli bitta tuxumdon bo’ladi. Bu chuvalchangning
bachadoni qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 7-12 tagacha yon
shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to’lib turadi. Eng oxirgi etilgan
proglottidalarning uzunligi 10-12 mm va eni 5 mm atrofida bo’ladi. Bundan
tashqari, cho’chqa tasmasimonining etilgan bo’g’imlari strobiladan birdaniga 5-7
talab uzilib, xo’jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo’g’imlar harakatsiz
bo’ladi. Cho’chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni
lichinkasi kabi sistiserk deyiladi. Bu lichinka har xil to’qima va organlarda maxsus
73
po’stlarga o’ralib parazitlik qiladi. Sistiserk no’xat kattaligidagi pufakcha bo’lib,
ichi tiniq suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, uning uchida 4 ta so’rg’ichi va xartumi,
ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi joylashgan.