A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Plasmodium vivax 
bilan kasallangan eritrositlar, kasallanmaganlariga nisbatan 
kichik bo’ladi. Agar preparatga kedr yog’idan tomizilsa, bezgak paraziti yadrosi 
olcha rangga, protoplazmasi esa havo rangga bo’yaladi. 
3. Kuzatilayotgan preparatdan birinchi rivojlanish davri shizontni va uning ichidagi 
vakuolani toping. Shizontning bo’linishga tayyorlanayotgan davrini kuzating. Bu 
davrda vakuola bo’lmaydi. Uning tanasi oval shaklida bo’lib, psevdopodiylari 
yo’q. U shizogoniya yo’li bilan bo’linib ko’payadi. Bu davrda 12-18 ta merozoitlar 
bo’lib, ularning protoplazmasi havo rangda, yadrosi olcha rangda bo’ladi.
4. Mikroskop orqali makrogametani toping. Uni protoplazmasi to’q havo rangda 
bo’lib, yirikroq pigment donalari bir tekisda tarqalgan.
5. Mikrogametositni toping. Mikrogametosit makrogametositga qaraganda kichik 
bo’ladi. Uning sitoplazmasi och havo rangda bo’lib, pigment donachalari yirikroq.
Mashg’ulot haqida ma’lumot. 
Qon sporalilar kenja turkumi vakillari odam 
va issiq qonli hayvonlarning qizil qon tanachalarida parazitlik qiladi. Bu kenja 
turkumga 100 ga yaqin tur kiradi. Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra 
ichida yashaydigan parazitlar bo’lsa-da, lekin ularning hayot sikli bir necha 
xo’jayinda o’tadi. Bu kenja turkumning eng muhim vakili odamda bezgak 
kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita 
xo’jayinda o’tadi. Odam qizil qon tanachalarida jinssiz ko’payish hamda makro va 
mikrogametositlar davri o’tsa, bezgak chivinida (Anopheles)
 
jinsiy rivojlanish 
davri ketadi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plazmodium 
deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham ma’lum bo’lgan. Bezgak 
plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasev va 1880-yilda 
fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar tarqatishini 
esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italyan olimi J. Grassi aniqlashgan. 
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 
1. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin