A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 
500 – sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etilgan.



SO‘Z BOShI 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoevning 
“O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni 
tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va 
yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni 
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy 
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha masalalar 
qo‘yilgan.
Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada 
sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini 
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, oliy ta’lim mazmunini sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining 
barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini 
topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa 
qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va 
biologiya yunalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini
 
va ilm-fan natijadorligini oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 12 avgust kuni chiqarilgan PQ-4805 sonli 
qarorida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, 
umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy 
etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv 
jixozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni 
jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan 
va ishlab chiqarish soxalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va xamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish ko‘zda tutilgan. 
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, Prezident Farmoni va 
Qarorlaridan kelib chiqib, biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni soha 
bo‘yicha kengqamrovli ishlarni olib borishi va samarali natijalarga erishish yo‘lida 



ma’lum darajada darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarurligini taqozo 
etadi. 
Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash 
muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy 
taraqqiyotini o‘rganadi. 
Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. 
Sistematika
– turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan 
farqi 
asosida 
turli 
sistematik 
guruhlar 
o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) 
munosabatlarini o‘rganadi. 
Morfologiya
– hayvonlarning tashqi, 
anatomiya
– ichki 
tuzilishini o‘rganadi. 
Solishtirma va evolyutsion morfologiya
– turli sistematik 
rypyhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy 
rivojlanishini tekshiradi. 
Embriologiya
- hayvonlarning embrional rivojlanishi 
(ontogenez)ni, 
filogenetika
– esa hayvonot dunyosining evolyutsiyasini, 
ekologiya
– hayvonlarning tashqi va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq 
qiladi. 
Etologiya
– hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi. 
Zoogeogra-
fiya
– hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni 
tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlarni 
paleozoologiya
– o‘rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan 
uzviy bog‘langan. 
Fiziologiya
– esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi. 
Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga 
ajratish mumkin. Masalan, 
protozoologiya
– bir hujayrali hayvonlarni, 
gelmintologiya
– parazit chuvalchanglarni, 
entomologiya
– hasharotlarni, 
akarologiya
– kanalarni, 
ixtiologiya
– baliqlarni, 
ornitologiya
– qushlarni, 
teriologiya
– sutemizuvchilarni o‘rganadi. 
Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va 
qishloq, xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari esa 
parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks 
fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va 
veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 



Tuproqda yashovchi hayvonlarni o‘rganish esa tuproq, hosil bo‘lish 
jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab 
chiqish imkonini beradi. 
Ekologo-zoologik tadqiqotlar baliq xo‘jaligi va chorvachilikni yanada 
rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni 
iqlimlashtirish va ko‘paytirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga 
qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni, shuningdek hayvonlar organizmidagi biokimyoviy 
o‘zgarishlarni tekshirish, parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik 
kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. 
Zoologiya fani yutuqlari tabiatga ilmiy-materialistik dunyoqarashning 
rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Zoologiya fani to‘plagan ilmiy dalillar 
organik olamning rivojlanishi to‘g‘risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun 
asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin